Tog' landsaftlarining xususiyatlari M U N D A R I J A K I R I S H Mavzuning dolzarbligi. Tog'lar - Yer yuzasining atrofdagi tekisliklar ustidan baland ko'tarilib turadigan qismlari bo'lib, Yerning ichki va tashqi qismlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar narijasida ularning morfologik xususiyatlari o'zgarib turadi. BMT qarori asosida 2002- yil - Tog' yili deb qabul qilindi va nishonlandi. Tog'li hududlarda vujudga kelgan ekologik vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va boshqa omillar sabab bo'ldi. Tog' muammolari 1992-yilda Rio-De-Janeyro hamda 2002-yilda Yohannesberg shahrida (JAR) bo'lib o'tgan BMTning Umumjahon sammitida ko'rib chiqildi va tog'li regionlarning barqaror rivojlanishi g'oyasi qabul qilingan edi. Mabjud ma'lumotlarga ko'ra, sayyoramizning quruqlik qismida tog'lar Yer yuzasining 500 m dan yuqori bo'lan hududlar) 67 mln. km2 maydonni (quruqlik maydonining 46 %dan ziyodrog'ini) band etadi. Togli hududlarda jahon aholisining qariyb 25 %i (d.s.dan 500-100 m balanlikda 11-12%i, 100- 1500m balandlikda v4-5 %i, 1500-200 m oralig'ida 2% va 200m dan yuqorida 1% dank o'prog'i istiqomat qiladi. Tog'lar insoniyat tamadduni (sivilisatsiyasi) markazlari bo'lgan (Markaziy va Janubiy Amerkadagi qadimgi mayya, ink, asteka madaniyati va b). Qishloq xo'jalik ekinlarining dastlabki o'choqlari ham aynan tropik va subtropik mintaqalarining tog' hududlari bo'lgan (Peru, Meksika, Efiopiya va v.) Tog hududlari ancha katta landshaft salohiyatiga, xususan hidroenergetika-ning katta manbalariga, rekreatsion imkoniyatlarga, dorivor o'simliklarga va boshqa resurslarga ega. Shu sababli tog'lar tabiatidan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Ozbekistonda tog' geografiyasi muommalari bilan ToshDIU professori T.Jumayev (sotsial va iqtisodiy geografik jihatlari), L.Alibekov (tog'-tekislik diaparasi jihatlari), O'zMU prof. Mamatqulov, M.Abdujabborov, A.Mamatov (karst hodisalari), Y.Sultonov, X.Jo'rayev (landshaft aspekti) va boshqa olimlar shug'ullanishgan. Alp tog tizimi jahonda birmuncha mukammalroq o'rganilgan tizma hisoblanadi. Umumam olganda tog'lar geografiyasi juda kam o'rganilgan va tog'lar tabiatiga doir yirikroq geografik asarlar juda kam. Shu sababli tog'lar tabiatini o'rganish yaqin o'n- yilliklarda eng dolzarb muammolardan biri bo'lib qolaveradi. Biti ruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va vazifalari. Tog'lar tabiatining umumiy va ularda landshaft tabaqalashuvining xususiyatlarini tahlil qilish ishning asosiy maqsadi bo'lib, buning uchun quyidagi vazifalarni hal etishga harakat qilindi: - tog' termini va u bilan bog'liq tushunchalarning tahlili; - tog'larni turli xususiyatlariga ko'ra tasniflash; - tog'larning quruqlikda tarqalishi bayon qilish va - tog'larda landshaft tabaqalashuvining xususiyatlarini yoritish. Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot obyektini landshaft - geografik ma'nodagi tog'lar, predmetini esa ularda namoyon bo'ladigan landshaft tabaqalashuvining umumiy va regional xususiyatlarini yritish tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati. Ishda mavzuga doir turli manbalardagi ma'lumotlar tahlil qilindi va shu asosda tog'lar tabiayatining ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.83 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.83 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: doc