Tojikiston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari Reja: 1. Tojikiston Respublikasining geografik o'rni, chegaralari. 2. Tabiiy sharoiti. 3. Tabiiy resurslari va ulardan xo'jalikda foydalanish masalalari. 4. Tojikistonning aholi si va mehnat resurslari 5. Xalq xo'jalik tarmoqlari geografiyasi 6. Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari Hududi 143 ming kv.km Aholisi 7 million kishi Poytaxti Dushanbe shahri. Hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik o'rni. U hududining kattaligi jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida oxirgi o'rinda turadi Uning hududi g'arbdan sharqqa 715 va shimoldan janubga 509 km masofaga cho'zilgan. Biroq Tojikistonning shimoliy qismi uning janubidan uzilib qolgan. Oradagi osmono'par tog'lar tabiiy to'siq tarzida qad ko'targan. Shuning uchun Shimoliy Tojikiston va Janubiy Tojikiston degan obyektiv asosga tayangan geografik tushunchalar mavjud. Shimoliy Tojikiston Farg'ona vodiysining bir qismini, Janubiy Tojikiston esa Hisor, Vaxsh, Yovon va boshqa o'nlab vodiyo'larni o'z ichiga oladi. Tojikiston g'arbdan O'zbekiston, shimoldan Qirg'iziston, janub va sharqiy tomonlardan Afg'oniston va Xitoy davlatlari bilan chegaralanadi. Respublikaning hududi baland, past, yassi tog'lar, qir-adirlar, daryo vodiyo'lari, soy bo'yo'lari, tekislik va past tekisliklardan iborat. Dunyo osmoni deb nomlangan, serqirra baland cho'qqilarga boy bo'lgan Pomir tog'i va uning O'rta Osiyoning boshqa davlatlari bilan tutashib ketgan Hisor, Zarafshon, Oloy tog' tizmalari ham shu zamindadir. Mamlakatning iqtisodiy geografik o'rni xalq xo'jaligini rivojlantirishga ta'sir ko'rsatib turadi. Birinchidan uning birmuncha rivojlangan O'zbekiston va Tojikiston davlatlari bilan katta masofada chegaralanganligi tashqi iqtisodiy aloqasida muhim o'rin tutadi. Bu narsa ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorlikda olib borayotgan hozirgi igtisodiy siyosatiga mos tushadi. Ikkinchidan, Tojikistonng nisbatan janubda joylashganligi, iqlimiy resurslarning agrosanoat majmuini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatib turishi, kon-qazib olish sanoatini rivojlantirih uchun tabiy-resurs omili sifatida ko'pgina rangli metall ruda konlariga ega ekanligi. 1-misol. Shimoliy va Janubiy Tojikistonning baland tog'lar bilan bir-biridan uzilib qolganligi mamlakatning temir yo'l va avtomobil yo'lidagi ichki aloqalarini o'zga davlatlar orqali amalga oshirishni taqozo qilgan. Masalan, mamlakatning poytaxti Dushanbedan Shimoliy eng yirik shahar Xo'jandgacha bo'lgan masofa 320 km ga teng bo'lgani holda, bu masofadan uch marta ko'p bosib o'zga davlat (O'zbekiston orqali Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng ko'pligi va boshqa ichki omillar uning iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatib turadi. O'z navbatida Tojikiston IGO'ning salbiy tomonlari ham mavjud. Hududining materikning ancha ichkarisida-baland tog'lik zonada joylashganligi uchun u sayyoramizdagi rivojlangan mamlakatlardan uzilib qolgan. Shuningdek, mamlakat hududining ko'p qismini tog'lar egallaganligi uchun u sharqiy, janubi-sharqiy qismida joylashgan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishda tabiiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Hattoki Respublika hududining o'zi ham baland tog'lar bilan o'nlarcha marta bo'linib qolganligi davlatnint umumiy taraqqiyotida tabiiy to'siqdir. 2-misol. Tojikiston Pomir tog'i va ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
387.87 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
387.87 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: doc