Topografik xaritalar va ularning shartli belgilari Topografik xaritalar - asosiy tabiiy va ijtimoiyiqtisodiy obyektlarni tasvirlovchi, mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona bo'lgan mufassal umumgeografik xaritalar. Qat'iy geodezik asosda barqaror shartli belgalar sistemasi yordamida yaratiladi. Ularda geografik landshaftning tashqi ko'rinishi va uning asosiy elementlari - relyef, gidrografiya, o'simlik, tuproqgrunt qoplami, aholi punktlari, yo'llar hamda sanoat, qishloq xo'jaligi. va b. ijtimoiy infrastruktura obyektlari bir xil aniqlikda va mukammalliqda tasvirlanadi (499 betdagi rangli xaritaga q.). T. x. 1:10 00, 1:25 00, 1:50 00 va 1:100 00 masshtablarda tuziladi. Har bir T. x.ning nomi uning masshtabi bilan yuritiladi. Mas., masshtabi 1:10 00 bo'lsa, o'n mingli, 1:25 00 bo'lsa - yigirma besh mingli T.x. deyiladi. Quyidagi jadvalda T.x. masshtablari berilgan. T.x. elementlarini umumlashtirib, 2 guruh - matematik va geografik elementlarga bo'lish mumkin. Matematik elementlarga xaritaning to'ri, masshtabi, ramkasi, varaklarga bo'linishi va nomenklaturasi hamda geodezik tayanch punktlari kiradi. Geografik elementlarga T.x.da tasvirlanadigan yer yuzasi tafsilotlari kiradi. T.x.elementlari bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular maxsus turg'un shartli belgilar va yozuvlar yordamida tasvirlanadi. T.x.dan joyni to'la o'rganish va tekshirishda, turli inshootlarni loyihalash va qurishda, aniq o'lchash va hisoblash kabi muhandislik ishlarini bajarishda, joyda oriyentirlahda, harbiy maqsadlarda keng foydalaniladi. Barcha topografik va obzor T.x. nemis olimlari Gauss va Kryugerlarning teng burchakli ko'ndalang silindrik proyeksiyasida tuziladi. T.x.da tasvirlanadigan hudud ma'lum kattalikdagi qismlarga bo'linadi va ularning har biri alohida varaqda tasvirlanadi. Topografik yoki obzor T.x. ning har bir varag'i meridian va parallel chiziqdar bilan chegaralanadi va trapetsiya shakliga ega bo'ladi. Ko'p varakli xaritani alohida varaqlarga bo'linishiga grafalarga bo'lish va ularni ma'lum sistema bo'yicha belgilanishiga nomenklatura deyiladi. Hamma T.x.ning nomenklaturasi 1:1 00 00 masshtabdagi xalqaro xaritaning grafalarga bo'lish va nomenklaturasiga asoslangan. xalqaro nomenklatura sistemasi 1909 y. London va 1913 y. Parijda o'tkazilgan xalqaro geografik kongresslarda qabul qilingan. Bu sistemaga ko'ra, 1:1 00 00 masshtabli xarita varag'ining kengligi meridian bo'yicha 4° va parallel bo'yicha 6° ga teng . Ekvatordan qutblarga tomon har 4° dan parallellar o'tkazilib katorlar, 180° li meridiandan boshlab har 6° dan meridianlar o'tkazilib kolonnalar hosil kilinadi. Qatorlar ekvatordan har ikkala kugb tomon lotin alfavitining bosh xarflari bilan (A dan Z gacha), kolonnalar esa soat mili harakatiga teskari yo'nalishda o'sib borish tartibida 180° meridiandan boshlab arab rakamlari bilan 1 dan 60 gacha belgilanadi. Shunday qilib, 1:1 00 00 masshtabli xarita har bir varag'ining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va kolonna nomerini ko'rsatuvchi raqamdan iborat bo'ladi. Mac, Toshkent sh. joylashgan varaqning nomenklaturasi K-42, Moskva sh.niki N-37 deb belgilanadi. Quyidagi jadvalda T.x. bir varag'i ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
228.84 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
228.84 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: pptx