7-sinf geografiya darsligi asosida 8-mavzu: Topografik xaritalar haqida tushuncha. Odatda, geografik xaritalarning masshtabi juda kichik bo'ladi, ularda Yer yuzasi tasviri million marta va undan ko'proq marta kichraytirib ko'rsatiladi. Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200 00 va undan kattaroq) xaritalar topografik xaritalar deb ataladi. Mazmuniga ko'ra, ular umumiy geografik xaritalar hisoblanadi. Yirik masshtabli (1:25 00, 1:50 00, 1:100 00) topografik xaritalar joyda bajariladigan topografik o'lchov ishlari hamda aerosuratlar asosida tuziladi. Yirik masshtabli topografik xaritalarda katta maydonlar tasvirlanadigan bo'lsa, xarita juda kattalashib ketadi. Shuning uchun bunday xaritalar ayrim-ayrim varaqlarga bo'linadi va ular ko'p varaqli bo'ladi. Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag'ida Yer yuzasining kichik qismi tasvirlanadi. Shuning uchun bunday xaritalarda mayda masshtabli xaritalarga nisbatan xatoliklar juda kam bo'ladi, chunki kichik maydon yuzasi tekislikka yaqin bo'ladi. Xaritaning masshtabi uning barcha qismida bir xil bo'ladi. Topografik xaritaning har bir varag'i yon tomonlarda meridian, yuqori va past tomonlarda parallellar bilan chegaralanadi. Masalan, masshtabi 1:100 00 bo'lgan xaritaning har bir varag'i har 6° dan o'tkazilgan meridianlar va har 4° dan o'tkazilgan parallellar bilan chegaralangan. Natijada, Yer yuzasida uzunligi 6° va kengligi 4° ga teng bo'lgan trapetsiyalar (trapetsiya shaklidagi hududlar) hosil bo'ladi. Yirik masshtabli topografik xaritalar uchun o'lchami kichikroq bo'lgan trapetsiyalardan foydalaniladi. Masalan, masshtabi 1:100 00 bo'lgan xarita trapetsiyasining o'lchami uzunlik bo'yicha 30′ va kenglik bo'yicha 20′ ga teng, masshtabi 1:25 00 li xarita trapetsiyasining o'lchami uzunlik bo'yicha 7′30′′, kenglik bo'yicha 5′ ga teng bo'ladi (6- rasm). Topografik xaritalarning har bir varag'i kilometrli kataklarga ham bo'lingan bo'ladi. Har bir katakning tomonlari 100 m (1 km) ga teng qilib olinadi. Binobarin, xaritalar masshtabiga qarab kataklar har xil kattalikda bo'ladi. Agar xarita masshtabi 1:100 00 bo'lsa, katak tomonlari 1 sm, 1:50 00 bo'lsa, 2 sm, 1 : 25 00 bo'lsa, 4 sm (6- rasm), masshtab 1:10 00 bo'lsa, katak tomonlari 10 sm ga teng bo'ladi. Bundan tashqari, xaritaning pastki ramkasidan boshlab yuqori tomonga yo'nalish x bilan, o'ng tomonga gorizontal yo'nalish esa y bilan belgilanib, ularning necha kilometrga teng ekanligi yozib qo'yiladi. Mana shu raqamlarga qarab, xaritadagi har bir nuqtaning vertikali va gorizontali nechanchi km larda ekanligini aniqlasa bo'ladi. Topografik xaritalarning shartli belgilari. 6-rasmda keltirilgan topografik xaritaning mazmunini aniqlaymiz. Buning uchun topografik xaritaning shartli belgilarini ko'rib chiqamiz va ularni quyidagi turlarga bo'lamiz. Davlat geodeziya to'ri tayanch nuqtalari. Ularning shartli belgisi - to'g'ri uchburchakdan iborat (7- rasm). Uning markazida nuqta tasvirlangan, nuqta geodeziya tayanchining haqiqiy o'rniga to'g'ri keladi: uning geografik koordinatasi Yer yuzasidagi haqiqiy o'rnini bildiradi (xaritada Kattatepa ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.85 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.85 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: ppt