7-sinf geografiya darsligi asosida 9-mavzu: Topografik xarita geografik xaritadan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? Topografik xaritalarda xatoliklar nega kam bo'ladi? Topografik xaritalar bilan ishlash. Topografik xaritalarda berilgan joyning koordinatalarini aniqlash juda oson. Xaritaning pastki va yuqorigi ramkalari yoniga geografik uzunlik (y) ham darajalarda, ham kilometrlarda yozib qo'yiladi. Yon ramkalari yoniga esa geografik kenglik (x) xuddi shunday yozib qo'yiladi. Aniqlanishi lozim bo'lgan nuqta kataklar ichida bo'lsa, u millimetrlarga bo'lingan chizg'ich yordamida aniqlanib, ramka yonida yozilgan raqamlarga qo'shiladi (6-rasm). Rasmda ko'rsatilgan xaritadagi M nuqtaning geografik koordinatasini kilometrlarda aniqlash kerak bo'lsin. Buning uchun masshtab yordamida katakning janubiy va g'arbiy yonlaridan M nuqtagacha bo'lgan masofa necha metr ekanligi topiladi. Hosil bo'lgan raqam tegishli kilometrli chiziqlarning ramka chekkasida ko'rsatilgan raqamlarga qo'shiladi. Bunda M nuqtaning koordinatalari x = 65750, y = 13500 qiymatga ega bo'ladi. Bu M nuqtaning 65 - 13- katakda joylashganini va katakning 65- raqamli gorizontal yonidan 750 m masofada, 13- raqamli vertikal yonidan 500 m masofada ekanini bildiradi. Topografik xaritalarda yonbag'irlarning qiyaligi xaritaning pastki ramkasi ostida berilgan balandliklar shkalasi yordamida aniqlanadi (8- rasm). Shu shkala tagida yozib qo'yilgan raqamlar yonbag'irlarning necha daraja qiya ekanini bildiradi. Vertikal chiziqlar bo'ylab qo'shni gorizontallar orasidagi masofa xarita masshtabiga muvofiq yozib qo'yilgan. Yonbag'irning qiyaligi necha daraja ekanligi xaritadagi ikki qo'shni gorizontal oralig'ini sirkul bilan o'lchab, so'ngra balandliklar shkalasiga qo'yish bilan aniqlanadi. Xaritaga qarab azimutlarni aniqlash. Atrofi ochiq joydagi narsalar (predmetlar) ko'rinib turadigan yerlarda topografik xaritaga qarab tomonlarni aniqlash mumkin. Lekin o'rmonlarda, deyarli bir xil manzarali dasht, cho'llarda ufq tomonlarini aniqlash, binobarin, bosib o'tilgan yo'llarni, borish kerak bo'lgan yo'nalishlarni xaritaga aniq tushirish qiyin bo'ladi. Bunday hollarda xarita bilan birga kompasdan foydalaniladi. Kompas strelkasi magnit meridiani holatini ko'rsatadi. Xaritada esa yo'nalishlar geografik (haqiqiy) meridianga nisbatan belgilanishi kerak. Xaritada berilgan nuqta azimutini aniqlash va uni belgilash kerak deylik. Azimut shimolga yo'nalish chizig'i bilan berilgan nuqtaga yo'nalish chizig'i orasidagi burchak ekanini siz yaxshi bilasiz. Lekin azimutni aniqlash uchun haqiqiy meridian bilan magnit meridiani orasidagi burchakni, ya'ni magnit og'ish burchagini aniq bilish kerak. Magnit og'ish burchagi topografik xaritalar pastki ramkasi ostida chap tomonga yozilgan bo'ladi. Magnit og'ish burchagi g'arbiy og'ish burchagi yoki sharqiy og'ish burchagi bo'lishi mumkin. Agar sharqiy og'ish burchagi bo'lsa, uning qiymati magnit meridianiga qo'shilsa, haqiqiy meridian o'rni aniqlanadi. Haqiqiy meridian bilan berilgan nuqta yo'nalishi chizig'i orasidagi burchak berilgan yo'nalishning azimuti bo'ladi. Endi matnda berilgan topografik xaritada A -B yo'nalishning haqiqiy azimutini aniqlaymiz. Buning uchun: 1) xarita varag'ining shimoliy va janubiy ramkalaridagi minutlarni ko'rsatadigan raqamlardan foydalanib, A nuqta orqali haqiqiy meridian ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.93 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.93 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: ppt