Topografik xaritalarning shartli belgilari

Topografik xaritalarning shartli belgilari

O'quvchilarga / Geografiya
Topografik xaritalarning shartli belgilari - rasmi

Material tavsifi

Topografik kartalarning shartli belgilari REJA: Kartografik shartli belgilar to'g'risida Belgilar usuli Belgilar turlari va ularning defrensIyatsiyalashtirish. Kartadan foydalanish uchun uning mazmunini o'qib tushunish, ya'ni karta to'g'risida to'liq ma'lumot olish va kartani o'quvchanligini oshirish uchun kartani tili hisoblangan shartli belgilar to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lmoq kerak. Kartografik belgilar, shart­li belgilardan mazmuni­ni kengligi, aniq shakli, miqdor va sifat ko'r­satkich­lari bilan hamda aniqlilik darajasi bilan farq qilib, kartog­rafiyada legenda deb yuritiladi. Dastlabki kartalarda voqea va hodisalar su­ratlar yoki shakllar bilan tasvirlangan, bu esa kartani o'qishni oson­lashtirgan. Masalan, tog' lar perspektiv usulda berilib, shakl yordamida tasvirlangan, o'simliklar ham shakllariga qarab ko'rsatilgan (igna bargli va yaproq bargli), lekin ularning miqdor va sifat ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin bo'lmagan. SHuning uchun kartalardan to'liq foydalanish maqsadida va mukammal ma'lumot olish uchun yangi belgilar qo'llanish zaruriyati tug'ilgan. Tanlangan belgilar geometrik shakllarda, badiiy va an'anaviy shakllarda bo'lganidan ma'lum darajada mazmunni anglatadi (1-rasm). Lekin kartada hamma predmetlarning ham aniq o'rnini kartaning masshtabi asosida tasvirlash mumkin emas, chunki ularning egallagan maydoni juda kichik bo'lib, masshtab asosida ko'rsatilsa, o'qish mumkin bo'lmay qoladi. SHuning uchun bunday predmetlar (tafsilotlar) masshtabsiz belgilar bilan ko'rsatiladi. Masalan, temir yo'llar, elektr, telefon simlari, gaz quvurlari va h.k.lar. Kartografik belgilarda xilma-xil ko'rsatkichlarni tasvirlashda geometrik shakllar eng ko'p ishlatiladi. Masalan, to'rtburchak shaklining balandligi miqdor ko'rsatkichlarni, to'rtburchak shaklining yuzasi maydonni, kub hajmni, doira miqdor va sifat ko'rsatkichlarni ifodalaydi. Kartografik belgilar sistemasini o'rganuvchi Semiotika fanidan (u uchta qismdan: sintaktika, semantika va pragmatikadan iborat) belgilarni modellashtirishda keng foydalanmoqda. Bu sohada prof. A.A.Lyutiyning xizmatlari katta.300 мм5 мм2,2 мм22,4 мм2 ммD=2,2 мм1,2 мм37,9 мм3D=22,4 мм Kartografik belgilar shakli, kattaligi, holati, ranggi va strukturasi bilan bir-birilaridan farq qiladilar. CHiziqli belgilar bilan juda ko'p voqea va hodisalar- daryolar, temir yo'llar va avtomobilь yo'llari, chegaralar, dengiz va ko'llarning qirg'oq chiziqlari va h.k. tasvirlanadi. Belgilar yordamida kartalarda absolyut ko'rsatkichlar tasvirlanganda ba'zan bir o'lcham birligidan ikkinchi o'lcham birligiga o'tish holatlari ham bo'ladi. Masalan, 2 ta mamlakatda yetishtirilayotgan paxtani kartada tasvirlash kerak bo'lsin. Agar paxtani miqdori birida ustun shaklida ko'rsatilsa (5 mm li ustunda), ikkinchisida esa 500 mm li (ustunida), ya'ni 100 marta uzun bo'lish kerak, Masalan, O'zbekiston va Qozog'iston paxta yetishish kartasida bunday holatda 500 mm ustun shu kartadagi davlat chegarasiga sig'masligi mumkin. 2-rasm. Belgilarni shakli, holati, katta-kichikligi, rangi va strukturasidan foydalanish. SHu bilan birga ikki davlat orasidagi juda katta farq­ni kichikroq qilib ko'rsatish uchun ustun shakldan maydon o'lchashda ishlatiladigan kvadratga o'tish mumkin, ya'ni har ikkala sonni kvadratga kiritib undan ildiz chiqarish kerak. Demak Qozog'istonda 5 mm edi uni ildizdan chiqaramiz =2,2 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.81 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:15 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.81 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga