Toponimika va ilmiy geografik atamashunoslikning tayanch tushunchalari, toponimika fanining tadqiqot metodlari Reja: Toponimikaning tayanch tushunchalari va iboralari. Makro-mezo va mikrotoponimlar Ilmiy va xalq atamalari. Xalq atamalarining manbalari. Geografik tushunchaga aylangan xalq so'zlari. Ilmiy terminlar. Ilmiy bilishning asosi Geografik atamalar. Har bir fanning muayyan tushuncha, qoida, qonunlarni ifodalaydigan tayanch so'z, termin va iboralari bo'ladi. Toponimikaning alohida ilm sohasi ekanligini bildiruvchi o'z tushunchalarini ifodalovchi tayanch tushuncha va so'z - terminlari mavjud. Toponim-lotincha tpos-joy, yer, noma-nom, ism so'zlaridan olingan bo'lib, joy nomi , geografik nom - atoqli ot geografik obyektni alohida nomga ega ekanligini bildiradi. Toponimiya - malum hududdagi joy nomlarining yig'indisi. Toponimika - joy nomlarini geografik obyektlarning nomlarini o'rganuvchi ilm sohasi hisoblanadi. Antroponim - har qanday shaxsning atoqli oti, ismi otasining ismi laqabi taxallusi. Antroponimlardan geografik nomlar yasalib kelishi kishilar nomiga qo'yilgan dengiz cho'l tog' tizmasi shahar va boshqa geografik obyektlar - potronimlar deyiladi. Barens dengizi, Bering, Bafort , Tasmaniya dengizlari , Boliviya , Kolumbiya davlatlari, Vashington, Dehli , Hoshimin kabi poytaxt shaharlar, Laperuza, Bering, Kuk, Devisov, Torresov kabi bo'g'ozlar patronimlarga misol bo'la oladi. Xalq qabila va urug'lar umuman el - elatlar nomi bilan atalgan geografik obyektlar etnonimlar deyiladi. Etnonimlardan hosil qilingan joy nomlari etnotoponim bo'ladi. Bunday nomlar tarixiy davrlarda xalqlarning qayerlarda yashaganligidan va o'zaro aloqalaridan guvoh beradi. O'rta Osiyoda bu xil nomlar ko'pchilik Amerika qo'shma shtatlaridagi Yuta, Michigan Dakota Oregeona va boshqa o'nlab shtatlarning nomlari daryodagi ko'pchilik davlatlarning nomlari tub xalq nomidan olingan etnotoponimlardir. (Rossiya, Turkiya, Angliya, Germaniya, Turkmanbiston, Qirg'iziston va boshqalar. ) Gidronim-suv havzalarining dengiz daryo ko'l irmoq buloq duquq ariq anhor, suv ombori havzalarining atoqli otlari. Mahalliy geografik atamalar deb - geografik obyektning xarakterini turini mazmunini ifodalaydigan so'z ibora (Terakli, Beshqayrag'och, Qoratog' va boshqalarga aytiladi). Odatda mahalliy geografik atamalar geografik nomlar hosil bo'lishida faol qatnashadi. Qo'shtegirmon qishlog'i Yangiariq tumani va boshqalar. Oronim - yer usti relefining atoqli otlari qir, jar, vodiy , botqoq, tog', tepalik nomlari. Toponimik strategrafiya toponimlarning turli yoshdagi turli davrlarda Lisoniy har xil bo'lgan qatlamlari. Qatlam tasviri mazmunidagi bu ifoda geologiya fanidan olingan bo'lib, pastgi o'rta yuqori qatlamalrda so'zlarning joylashuvi orqali geografik nomning eng qadimgisidan hozirgi ishlatiladigan yuqori qatlamlargacha ma'nosini aniqlashga yordam ebradi. Toponim semantikasi geografik nomning lug'viy manosi demakdir. Kal'ka - (Fransuscha nusxa ) boshqa tillardagi geografik nomlarni muayyan tilga o'zbekcha tilga to'liq yoki qisman tarjimada ifodalash. Chunonchi Great, Salt, Laki - katta sho'r ko'l New Gellnd - yangi Zelandiya inglizcha beloe mori oq dengiz, Novaya Zemliya Yangi Yer oroli. Aynan tarjima qilingan ma'nosi bir-u ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.71 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.71 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: doc