Toponimlarning lisoniy - gramatik tuzilishi, toponimik leksika Reja: Toponimik leksika haqida. Toponimlar hosil qilgan terminlarning turlari. Nomlarning morfologik - sematik tahlili. Sodda qo'shimchasiz affekssiz va qo'shimchali sodda toponimlar. Qo'shima so'zli murakkab toponimlar. Nomlarni etnolingvistik guruhlash masalalari. Geografik nomlar - toponimlar katta ilmiy va amaliy ahamiyatga molik bo'lganligi tufayli muhim ijtimoiy va ma'rifiy funksiyalarni bajaradi. Yuqorida bot-bot qayd etganimizdek joy tabiatining o'ziga xos xususiyatlarini, aholining xo'jalik faoliyati va etnografiyasi asrlar davomida shu regionda ro'y bergan tarixiy, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar hamda voqea va hodisalarni o'zida muhrlanganligi bilan ahamiyatlidir. Joy nomlari tarixiy o'tmishning ma'naviy yodgorliklari sifatidagina qimmatli bo'lish qatorida geografik nomlar hozirgi jamiyat uchun zarurdirki jamiyatning turli ehtiyojlariga xizmat qiladi. Geografik nomlarning naminatsiya -atalish qonuniyatlarini o'rganish , ularni sestemaga solish, ularning yozilish qoidalarini yaratish, yozilishini milliy va xalqaro miqiyosda - standartlashtirish, - normallashtirish yani qatiylashtirish masalalari bilan YUNESKO va boshqa bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan shug'ullanmoqda. Geografik nomlar bir birlaridan talaffuzi yozilishiga ko'ra farq qilgani , adreslik vazifasini bajargani uchun ularni rasmiy hujjatlarda, xaritalarda darsliklarda o'quv qo'llanmalarda ma'lumotnoma va boshqa nashrlarda tog'ri hamda har doim bir xil yozilish kerak bo'ladi. Jahondagi davlat idora organlari transport va aloqa muassasalari, fan morif hamda madaniyat idoralari, matbuot radio, telvedeniya joy nomlarini xalqaro tillarda xususan milliy tillarda to'g'ri va qatiiy yozilishidan manfaatdordir. Kattami-kichikmi har qanday geografik abekt nomi, yozilishning rasmiy va umumiy istemol uchun yagona shaklini aniqlash va qatiylashtirish geografik nomlarning standartlashning mohiyati va vazifasidir. Keltirilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, nomlarning lisoniy geografik nomlar turli maqsad va nuqtai nazardan o'ranilishi mumkin. O'rta va Markaziy Osiyo geografik nomlarning atoqli tatqiqotchisi E.M.Murzayev Toponimlarning yetti xil maqsad nuqtai nazardan o'rganish mumkin deb hisoblaydi. Bular - nomning geografik obyektning qaysi turga mansubligi; paydo bolish sharoiti va vaqti u yoki bu tilga mansubligi; mazmun va etimologiyasi bo'yicha grammatik qoida va miyyorlarga to'g'ri kelishi, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinishi areali va migratsiyasi yani nomning ko'chib yurishi. Nomning bunday turli nuqtai nazardan o'rganilishi , tarixiy, geografik va albatta tilshunoslik fanlarda qo'llaniladigan metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib, nomlarning lisoniy xususiyatlari haqida masalalarga to'xtalamiz. Toponimlarni o'rganishning leksik-semantik metodi nom qanday geografik obyektning turdosh oti ekanligi va nimani anglatishini tahlil - grammatik tahlil etish demakdir. Toponimlarni semantik (semantika yoki semasiologiya-tilshunoslikning so'z va iboralar ma'nosini va ularning o'zgarishlarni o'rganuvchi bo'limi) jihatidan quyidagi uch guruhga bo'lish mumkin. I. Tabiiy sharoitning biror bir belgisini bildiruvchi nomlar, qaysiki ular bir elementdan iborat bo'lmay bir necha so'zdan iborat bo'ladi. O'rmon-o'simlik rel'ef, yer, suv, tuproq, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.7 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.7 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: doc