Transport geografiyasi Reja: 1.Mamlakat iqtisodiyotida transportning o'rni; 2.Temir yo'l transporti; 3.Avtomobilьь transporti; 4.Havo transporti; 5.Suv transporti; 6.Quvur transporti; 7.Elektr transporti; 8.Transport tarmoqlarining rivojlantirish istiqbollari; Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda transport asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Chunki, transport mustaqil respublikamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga muhim ta'sir ko'rsatadi. O'zbekistonda hozirgi zamon transportining deyarli barcha turlari-temir yo'l, avtomobil, havo, daryo, quvur va elektron transporti mavjud. 2005 yil mamlakat yalpi ichki mahsulotining 9,5% transport tarmoqlariga to'g'ri keladi. Bu tarmoqda band bo'lgan ishchi xizmatchilarning o'rtacha yillik soni 300 mingdan ortiq kishini, jumladan temir yo'l transportida 60,4 ming, suv transportida 1,1 ming, avtomobil, shahar elektr transporti, yuk ortish va tushirish korxonalarida 250 ming kishini tashkil qiladi. Transport tarmoqlari bo'yicha eng muhimi temir yo'l transporti hisoblanadi. Respublika mustaqillikka erishgandan so'ng transportni xalq xo'jaligiga va aholiga xizmat ko'rsatishni tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida O'zbekiston havo yo'llari milliy avia kompaniyasi, 1992 yil O'zbekiston avtomobil transporti 1993 yil davlat aksionerlik korporasiyasi O'zbekiston temir yo'llari davlat aksionerlik kompaniyasi 1994 yilda tashkil etildi. Respublikada transport iqtisodiy rayonlar va korxonalar xalq xo'jaligi tarmoqlari o'rtasida, shuningdek mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni ta'minlaydi. Respublikaning transport tizimi t.y. avtomobil yo'llar, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan t.y. vokzallari, st-yatlari, yuk omborlari, pristanlar, havo flotining yirik aerovokzallari va b. Infrastruktura bo'linmalarini qamraydigan murakkab xalq xo'jaligi kompleksini tashkil etadi. Respublika bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida samarali yagona transport tizimini yaratish bo'yicha masalalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Respublika transporti aholi va xalq xo'jaligi ehtiyojlarini to'la qondirishga qodir. Temir yo'l Xalq xo'jaligida t.y. transportining yo'lovchilar hamda yuk tashishda salmog'i katta. Ayniqsa yuklar eksporti va importida muhim o'rinda turadi. O'zbekiston t.y. orqali Shimol va Janubni, Sharq va G'arbni bog'lovchi qatta tranzit yuk oqimi o'tadi. 1972 y.da qurilgan Qo'ng'irot-Beynov magistrali Qozog'iston orqali Rossiyaning Markaziy, Janubiy, Ural mintaqalariga tutashgan. Xovos-Aris magistrali ham mamlakatni Qozog'iston orqali yana Rossiya b-n, Qo'qon-Dushanba yo'nalishi Tojikiston, Toshkent-Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk) yo'li Turkmaniston b-n bog'laydi. 2005 y. 1 yanv.holatiga ko'ra respublikada xalq xo'jaligiga tegishli sanoat korxonalariga tortilgan (umumiy foydalanilmaydigan) t.y. uz.3,1 ming km ni tashkil etdi; O'zbekiston temir yo'llari kompaniyasiga qarashli asosiy yo'llarning foydalanish uz. 3992 km, bundan tashqari 1992,7 km st-ya yo'llari va 362,4 km respublika korxonalari shaxobcha yo'llaridan foydalaniladi. 21-a. Boshida O'zbekiston t.y. transporti ijtimoiy sohalar va i.ch. ga yo'naltirilgan korxona, muassasa va tashkilotlardan korxona, muassasa va tashkilotlardan iborat bo'lgan yagona texnologik i.ch. majmuiga aylandi. O'zbekiston dastlabki t.y. 1886-88 y.larda Forob st-yasidan Samarqandgacha yotqizilgan. 188 y. May oyida Amudaryo orqali 2,7 km uzunlikdagi yog'och ko'prik qurib ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.16 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.16 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: doc