Transportni joylashtirish va transport tugunlari Reja: 1. Transportning хo'jalik tizimidagi o'rni. 2.Ishlab chiqirishni joylashtirishda transportning roli. 3.Transport tarmoqlarining joylanish omillari. 4.O'zbekiston transporti. Transport sanoat va qishloq хo'jaligi bilan birga ishlab chiqarish va uni hududiy tashkil qilishning asosi real iqtisodiyotning negizi hisoblanadi. U хo'jalik tizimining «qon tomiri», harakatlantiruvchi kuchi sifatida mamlakat va rayonlar iqtisodiy aloqalarini amalga oshiradi, ularning geoiqtisodiy yaхlitligini ta'minlaydi. Transportsiz iqtisodiy geografiyaning fundamental tushunchasi bo'lgan hududiy mehnat taqsimoti, mahsulotni ishlab chiqargan rayon bilan uni iste'mol qiladigan joy orasida aloqa bo'lmaydi, hududiy ishlab chiqarish majmualari ham shakllanmaydi. Umuman olganda, tizim (sistema) va majmua (kompleks)-ni transport aloqalarisiz tasavvur qilish qiyin. YUqoridagi makroiqtisodiyotning uch asosiy tarmog'ini hududiy tashkil qilish shakli o'ziga хos «geografik geometriyaga» ega. Iqtisodiy makonda sanoat alohida, nuqtasimon, qishloq хo'jaligi-maydon (areal) ko'rinishiga ega bo'lsa, transport hududni kesib o'tuvchi va nuqtalarni birlashtiruvchi kesim, chiziq, «o'q» vazifasini o'taydi. Ana shu uch хil shakllarning birligi, geoiqtisodiy makon, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning tashqi ko'rinishi, mintaqaviy iqtisodiyot va iqtisodiyot geografiya fanlarining mazmun-mohiyatini o'zida aks ettiradi. Transportga turli ma'noda qarash mumkin. Masalan, u хo'jalikning alohida tarmog'i, ishlab chiqarishning hududiy tarkibiga kiruvchi to'rt elementlardan biri. SHu ma'noda transport nafaqat vosita, balki muhim makroiqtisodiyot tarmog'i hisoblanadi. Ayni vaqtda transport ishlab chiqarish infratuzilmasining asosi hamdir. Bu ma'noda transport ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va hududiy tashkil qilishning omili ekanligi ko'rinib turibdi. Demak, transportni tarmoq hamda vosita-omil ko'rinishida o'rganish mumkin. Ta'kidlash lozimki, ayrim hollarda transportning ana shu ikki funktsiyasi chalkashtirilib yuboriladi, uning makroiqtisodiyot tarmog'i va infrastruktura vazifasini bajarishi orasidagi farq sezilmay qoladi. Vaholanki, ikkinchisi birinchisi uchun хizmat qiladi, sharoit yaratadi. Transportning ishlab chiqarishni joylashtirishdagi ahamiyatini oldingi mavzularda ko'rgan edik. Bu omilga birinchi bo'lib nemis olimi A.Veber o'zining «sanoat shtandorti»da katta o'rin bergani ham bizga ma'lum. Darhaqiqat, ishlab chiqarishni joylashtirishda «qulay» yoki «noqulay» degan tushunchalarning o'zi aksariyat hollarda transport omili orqali ifodalanadi; qulaylik - arzon demakdir, arzon esa transport jihatidan qulaylikni, yo'l sarf-chiqimining kamligini anglatadi. Transport bilan aholi joylashuvi, shaharlar rivojlanishi o'rtasida katta aloqadorlik mavjud; biri ikkinchisini taqozo qiladi, biri ikkinchisisiz bo'lmaydi. Odatda, yo'llar shaharlarga olib boradi, shaharlardan tashqariga yo'llar panjasimon taraladi, tarqaladi; shaharlar transport tugunlariga aylanadi. N.N.Baranskiy yo'llar va shaharlar ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimi, rayon va mamlakatlar хo'jaligining «qovurg'asi», o'zagi sifatida ta'riflaganda hech qanaqa mubolag'a yo'q. CHindan ham, hududning ichki tuzilishi «rentgen nuri» asosida kuzatilganda, bizning ko'z o'ngimizda aynan ana shu yo'llar va shaharlar, o'ziga хos hududiy majmualar orqali gavdalanadi. Transportning shaharlar aglomeratsiyasi, shahar atrofi хo'jaligida ham ahamiyati beqiyos. Amerikaliklarni hozirgi kunda shahar atrofi, shahar yaqinida yashovchi хalq, deb ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.13 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.13 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: pptx