Tuproq bonitirovkasi va uni o'tkazish uslubiyati

Tuproq bonitirovkasi va uni o'tkazish uslubiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Tuproq bonitirovkasi va uni o'tkazish uslubiyati - rasmi

Material tavsifi

Tuproq bonitirovkasi va uni o'tkazish uslubiyati Respublikamizning yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini ilmiy asoslangan holda rejalashtirish yer maydonlarini har tomonlama o'rganish va ularning sifatini baholashni taqozo qiladi. Tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlariga karab yerni sifat jihatdan aniq baholash usullaridan biri-uning tabiiy unumdorligini baholash (bonitrovka qilish), yani yerga eng muhim agronomik xususiyatlariga ko'ra ball bilan solishtirma baho qo'yish hisoblanadi. Bu davlat yer kadastri tadbirlari ichida muhim o'rin tutadi. O'zbekiston qishloq xo'jalik korxonalari hududidagi sug'oriladigan erlarni unumdorligi bo'yicha bonitirovka qilish birinchi marta XX asrning 70-yillarida O'zdaverloyiha institutining Yer kadastri bo'limi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan. Tuproq bonitirovkasi deb, dehqonchilik samaradorligi va agrotexnikasining tenglashtirilgan darajasidagi tuproq unumdorligi bo'yicha uning sifatining taqqoslangan bahosiga aytiladi. U tuproqlarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan obyektiv belgilari hamda xususiyatlari asosida aniqlanadi. Bonitirovka qilishning asosiy maqsadi tuproqlarning tabiiy unumdorligi bo'yicha nisbiy hamda barqaror xususiyatlari bo'yicha bir tuproq xilining ikkinchisidan necha marta yaxshi yoki yomonligini ko'rsatishdan iborat. Bonitrovkaning obyekti bo'yicha aniqlangan, qatiy taksonomik birliklarda ifodalangan tuproq xillari xizmat qiladi. Tuproq bonitrovkasining mezoni qilib, ishlab chiqarish natijalariga ta'sir etuvchi tuproqlarning tabiiy diagnostik va madaniylashish jarayoni olinadi. Tuproq bonitirovkasining mintaqaviy xarakterga ega bo'lishi malum bir tabiiy mintaqalarga va ularda etishtiriladigan qishloq xo'jalik ekinlariga bog'lanishi zarur. Buning uchun ilmiy asoslangan tabiiy qishloq xo'jalik mintaqalashtirishni o'tkazish, ma'muriy chegaralarda qatiy qo'llanish maqsadida yirik mintaqalar uchun o'zlarining tuproq bonitrovkasini o'tkazish uslubiyatini ishlab chiqish zarur. Tuproq sifatini belgilaydigan unumdorlikning asosiy omili bo'lgan ozuqa elementlarining miqdori, ularni madaniy ekinlar uchun samaradorlik qiymati, suv hamda issiqlik rejimi, sug'oriladigan mintaqalarda tuproq bonitirovkasi ballarini aniqlashga asos qilib olingan. Tuproq sifatini baholashda tuproq paydo bo'lish jarayonidagi biogen elementlar-uglerod, azot, fosfor va kaliyning o'simliklarning ildizi oziqlanadigan mintaqada to'planishiga ham katta ahamiyat beriladi. Bu omillarning miqdor qiymati bir metr qalinlikdagi tuproqda yalpi chirindi, azot, fosfor va kaliyning harakatlanuvchi birikmalarining zahirasini ko'rsatadi. O'zbekistonning sug'oriladigan mintaqalarida tuproqlarning chirindi va ozuqa elementlarining miqdori shu tuproqlarni genetik mansubligi va mexanik tarkibi, tuproq paydo bo'lish jinslari, tuproq qatlami, mayda donador qatlamining qalinligi, tuzilishi va boshqa diagnostik belgilari bilan o'zaro uzviy bog'liqdir. Sug'oriladigan tuproqlarda ozuqa moddalarining miqdori asosan sug'orish davri va madaniylashganlik darajasiga qarab aniqlanadi. Respublikamizning dehqonchilik tumanlaridagi tuproqlarning sifati u yoki bu qishloq xo'jalik ekinlarini o'stirish imkoniyatini aniqlovchi agroiqlim bilan uzviy bog'liq qilib belgilangan. Shunday qilib, O'zbekistonning sug'oriladigan tuproqlari bonitirovkasini aniqlash uslubiyati tuproqlarning ekologik sharoitlarini ham hisobga olgan holda tuziladi. Unumdorlik bo'yicha baholash ishlari muayyan yerdagi qishloq xo'jaligi ekinlariga bo'lgan talablarni hisobga olingan holda o'tkaziladi. O'zbekistonning sug'oriladigan yerlari sharoitida g'o'zaning talablari hisobga olingani etiborda tutiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.4 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.4 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga