Tuproqlar haqida tushuncha

Tuproqlar haqida tushuncha

O'quvchilarga / Geografiya
Tuproqlar haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Tuproqlar haqida tushuncha 7-sinf geografiya darsligi asosida 24-mavzu: Tuproq - unumdorlik xususiyatiga ega bo'lgan murakkab tabiiy hosila. Odamlar qanday tuproqlar unumdor bo'lishini juda qadim zamonlardayoq bilishgan. Tuproqning hosil bo'lishi yer yuzida qattiq tog' jinslarining yemirilib (nurab), maydalanishidan boshlangan. Tog' jinslari yemirilib, hosil bo'lgan mayda, g'ovak tog' jinslari hali tuproq emas. Ular tuproqning ona jinsi, tuproq hosil qiluvchi jinslar deyiladi. Bularga urug' sepsangiz ko'karib chiqsa ham, lekin o'smaydi, hosil bermaydi. Ona jinslarga tirik va o'lgan organizmlar tushib, tog' jinslari orasida chirisa, issiqlik, nam, havo va boshqalar ta'sir ko'rsatsa, ona jinslar o'zgarib, asta-sekin tuproqqa aylanib boradi. Tuproqqa tushgan o'simlik va jonivorlarning qoldiqlari zamburug''lar, bakteriyalar, ishqorlar ta'sirida parchalanadi va yangi modda - chirindi (gumus)ga aylanadi. Tuproqda yashaydigan chuvalchanglar, turli qurt-qumursqalar, yer qaziydigan hayvonlar tuproqqa tushgan organik modda va chirindilarni tuproq ona jinsi bilan aralashtiradi. Mikroorganizmlar faoliyati va suvning erituvchanlik xususiyati ta'sirida kimyoviy moddalar (azot, fosfor, temir, kaliy, kalsiy va boshqalar) o'simlik ildizlari so'rib oladigan eritmalar hosil qiladi. Shunday qilib, tuproq hosil bo'lish jarayoni to'xtovsiz davom etadi. Tuproqlar tarkibi, asosan, uch qismdan iborat: 1) tuproqning ona jinsi - har bir joyda tarqalgan tog' jinslari; 2) tuproqning organik moddalari - o'simlik, hayvon qoldiqlari, mikroorganizmlar, tuproq hasharotlari, chirindi; 3) tuproq eritmasi - o'simliklar uchun zarur moddalar erigan suv (eritma). Har qanday tuproqning unumdorligi ana shularga bog'liq. Tuproqlarning eng muhim xususiyati ularning unumdorligidir. Tuproq qatlami shartli ravishda to'rt qavatga ajratiladi (19- rasm). Tuproq qatlamining qalinligi, qavatlarining holati ularning turlariga bog'liq. Tuproqlarning hosil bo'lish jarayoniga yana iqlim sharoiti (issiqlik, namlik), relyef va tog' jinslarining xususiyatlari ham katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham turli xil tog' jinslari ustida va har xil iqlim sharoitida turli xil tuproqlar tarkib topadi. Tuproqlarning ona jinsi (noorganik tarkibi - mayda tog' jinslari) katta-kichikligi turlicha bo'lgan zarralardan iborat bo'ladi. Bularning hammasi birgalikda tuproqning mexanik tarkibi deyiladi. Tuproqlar mexanik tarkibiga ko'ra gilli tuproq, qumoq tuproq, qumli tuproq, shag'alli, chag'ir toshli tuproqlarga bo'linadi. Tuproq tarkibidagi gil va chirindilar bir-biriga yopishib, mayda kesakchalar hosil qiladi. Shunday kesakchalar bor tuproqlar donador bo'lib, unumdorligi oshadi. Kesakchasiz tuproqlar mayda zarrali bo'lib, havo va suvni yaxshi o'tkazmaydi, chirindilarning minerallarga aylanishi qiyin bo'ladi. Tuproqlarga organik va mineral o'g'itlar solish, o'z vaqtida ishlov berish, sug'orib turish bilan ularning unumdorligini oshirish mumkin. Shunday yo'llar bilan unumdorligi oshirilgan tuproqlar madaniy tuproqlar deyiladi. O'rta Osiyo vohalarining tuproqlari asrlar davomida haydalib, turli o'g'itlar solinib, sug'orilib, vaqtida sho'ri yuvilib, ishlov berilib, madaniy tuproqlarga aylantirilgan. Lekin tuproqlar suv yuvib ketishidan, shamol uchirishidan, sho'r bosib ketishdan, ifloslanishdan saqlanmasa, ularning tarkibi buzilib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.73 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:16 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.73 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga