Turizm. Atrof-muhitni muhofaza qilish 9-sing Geografiya darsligi asosida 30 § - mavzu Reja: 2 Yevropada turizm 1 Yevropada atrof-muhitni muhofaza qilish Yevropaqadimdan turizm yuqori darajada rivojlangan dunyo regioni hisoblanadi. Fransiyaga yiliga 50 mln. dan ortiq, Italiya va Ispaniyaga 30 - 40 mln. kishi turistik sayohat qiladi. Yevropaaholisi, shaharlari zich joylashgan, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi yuqori bo'lgan, transport va turizm rivojlangan regiondir. Bu borada birinchi o'rinda hududning asosiy joylarini egallagan sanoat - ishlab chiqarishning iflos chiqindilarini nazarda tutish kerak. Masalan, ko'mir konlari hamda Reyn, Rona, Luara va boshqa daryolardagi GES lar shular jumlasidandir. Regionning atrof-muhitiga tobora kengayib borayotgan qishloq xo'jaligi sohasi katta ta'sir ko'rsatmoqda. Avtomobil sanoatining yuqori darajada rivojlanishi, havoda yuk tashish hajmining kengayishi, dengizda kema qatnovlarining ko'payishi ham atrof-muhitga ta'sir etmay qo'ymaydi. Oxirgi paytda dengiz bo'yi va tog'li rayonlarda turizmning tez sur'atlar bilan rivojlanishi ham atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Yevropada 1973-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi YevropaIttifoqi davlatlarining birinchi dasturi qabul qilindi. Ekologik muammolarni, atrof-muhitni har xil zararli ta'sirlardan saqlash, ekologik barqarorlikni yuzaga keltirish uchun tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik ekspertizalarni tashkil etish maqsadida davlatlararo maxsus komissiya qarorlari qabul qilindi. XX asrning 80 - 90-yillarida tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolar to'g'risida 300 dan ortiq hujjatlar qabul qilindi. Atrof-muhitni bir me'yorda ushlab turish maqsadida, 90-yillarning boshlariga kelib, neft mahsulotlaridan, ko'mir va tabiiy gazdan oqilona foydalanish. Masalan, yo'l harakati intensiv bo'lgan joylarda yashaydigan kishilar YevropaIttifoqi tomonidan 140 mln. dona velosiped bilan ta'minlandi. Yana shuni ta'kidlash mumkinki, har xil boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham qator ishlar amalga oshirildi. Gretsiya, Niderlandiya, Daniyada ekologik muammolarni hal qilish uchun kengaytirilgan ishlar olib borildi. 1993-yil tabiatni muhofaza qilish, turizmni rivojlantirish borasida YevropaIttifoqi maxsus qarorlar qabul qildi. Bu qarashlardan asosiy maqsad dengiz atroflarida, tog'li rayonlarda, milliy parklarda, qo'riqxonalarda ekologik masalalarga, ekologik barqarorlikka ko'proq e'tibor berishdan iboratdir. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.35 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.35 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: pptx