Turkiston-Nurota okrugi Reja: Geografik o'rni Molguzar tog'i Hisor-zarafshon okrugi Zarafshon tizmasining Mariyondaryo vodiysidan g'arbdagi qismi Oqsuv daryosining uzunligi Nurota tabiiy-geografik rayoni Okrug Turkiston tizmasining g'arbiy qismini va Nurota tizmasini o'z ichiga olyb, janubda O'rta Zarafshon, g'arbda Qizilqum, shimolda Toshkent-Mirzacho'l okruglari bilan chegaradosh. Okrugning faqat janubi-sharqiy qismida chegara shartli ravishda O'zbekistonning Tojikiston bilan bo'lgan davlat chegarasi orqali o'tadi. Okrug hududi Respublikadagi qadimiy quruqliklardan birk bo'lib, ashsan paleozoy davrining gilli slaneo'lari, qum va ohaktoshlaridan tarkib topgan. Bu yotqiziqlar gero'in orogenetik jarayonlari ta'sirida burmalangan va metamorfiklashib, marmarva kristall slaneo'larga aylangan. Shuningdek, okrugda mezozoy va kaynazoy davrlarining kvaro'lari, qumtoshlari, mergellari va gillari ham uchraydi. Daryo vodiylarida va botiqlarida esa antropogen konglomeratlari, shag'allari, qum, qumloq va lyossimon jinslari uchraydi. Gero'in tog' burmalanish davrida okrugda kuchli vulkan jarayonlari ro'y bergan. Shu sababli cho'kindi yotqiziqlar orasida otqindi (diorit, granit) va effuziv jinslar uchraydi, okrugning hozirgi relefini vujudga kelishida alhp tektonikasi ayniqsa katta rol o'ynagan. Tog'lar bu davrda qaytadan ko'tarilgan (400 metrga yetgan). Turkiston tizmasi Mastchoq tog' tuguni yaqinida Oloy tizmasidan ajralib chiqadi va kenglik bo'ylab 350 km ga cho'ziladi. Uning eni o'rta hisobda 60 km, balandligi esa 3600-400 m. Ba'zi yerlarda uning balandligi 5580 metrga yetadi (Piramida cho'qqisi). Turkiston tizmasining Mastchoh tog' tugunidan Shahriston dovonigacha bo'lgan qismining relef shakllari alhp turida bo'lib, cho'qqilari qoyali, qirrali, balandligi esa 500 metrdan ham ortiq. Lekin tizmaning Shahriston (3351 m) dovonidan g'arbda bo'lgan qismi ancha past, alp turli relef shakllari juda kam uchraydi. Turkiston tizmasini Shaxriston dovonidan g'arbda Sangaor daryosi vodiysining yuqori oqimi ikkiga ajratib turadi. Sangzor vodiysining janubiy qismidagi tizma Chumqortog' deb, shimoldagisi Molguzar tog'i deb yuritiladi. Molguzar tog'i Temurlang darvozasi yoki Ilono'tdi darasi orqali Nurota tizmasidan ajralib turadi. Turkiston tizmasining okrug hududidagi g'arbiy qismi ancha past bo'lganligidan bu yerda muzliklar yo'q. Lekin tog'lar orasidagi chuqurliklarda qor uyumlari yozgacha erimay turadi. Turkiston tizmasining Shahriston dovonidan Guralash (2710 m) dovonigacha bo'lgan qismi past bo'lsada, biroq ba'zi nuqxalari 400 metrdan xam ortiq (Shovqartog 4033 m). Bu qiomda Turkiston tizmasidan shimolga qarab qator-qator tor tizmalari ajralib chiqadi. Ulardan eng muhimi Uratepa tog'i, u Zominsuv soyi orqali Molguzar tog'idan ajralib turadi. Chumqortog' Turkiston tizmasinilg bevosita g'arbiy davomi bo'lib, uzunligi 70 km, ba'zi cho'qqilari 300 m dan baland (Bozorxonim 3405 m). Chumqortog' Qo'shtepa dovoni yaqinida janubi-g'arbga burilib pasayib qoladi va Lattaband (2035 m) dovoniga yetgach, ikki qismga ajraladi: janubiy qism Qizilqanor tog'i deb atalyb (o'rtacha balandligi 100 m), butunlay Tojikiston hududida joylashgan; shimoliy qism esa Lattaband tog'i deyiladi. U Qiziltanor tog'idan baland (2200 m). Ana ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.07 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.07 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: doc