Turkiston Rossiyaga qo'shib olingandan keyin o'zbek maktablarida geografiya ta'limi. Rus tuzumi maktablari Reja: 1.Turkistonda geografiya ta'limining rivojlanishi. 2.Rus tuzumi maktablari. O'tmishda O'zbekiston territoriyasida Muxammad Xorazmiy, Axmad Farg'oniy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug'bek va Zahiriddin Bobur kabi olimlar jaxon geografiya faniga ulkan xissa qo'shganlar, yashab ijod etganlar. Birok avlodlarimiz qoldirgan ajoyib geografik meros, yaqin-yaqin vaqtlargacha tarixning qora pardalari ostida qolib keldi. Mustaqillikdan so'ng olimlarning geografiya tarixi borasidagi tadqiqotlari tufayli O'rta Osiyolik ko'plab geograf va sayyohlarning ilmiy va pedagogik qarashlariga oid ma'lumotlar to'plana boshladi. Bid'at, xurofot keyingi asrlarda O'zbekiston territoriyasida fan va ilmning o'sishiga to'lqinlik qilib kelgan. XVII va XIX asrlarda maktablarda geografiya deyarli o'qitilmadi, XIX asrning 50 yillarida maktablar soni juda kamayib ketdi. XIX asrning 60 yillaridan boshlab Turkiston, jumladan, xozirgi O'zbekiston territoriyasi Rossiyaga qo'shib olindi. O'zbekiston territoriyasidagi maktablar eski usul musulmon maktablari bo'lib, ularda geografiya o'qitilmagan, madrasalarda esa geografiya qadimgi arab afsonalari asosida elementar holda o'qitilgan. Turkiston Rossiyaga qo'shib olingandan keyin o'zbek xalqining madaniy hayotida, jumladan, maktab va maorif sohasida xam jonlanish ro'y bera boshladi. O'rta osiyolik peshqadam kishilar Rossiyaga borib, uning fani va madaniyati bilan tanishdilar va bu erdagiga nisbatan ilg'or fan va madaniyatni Turkistonda ham targ'ib qila boshladilar. Bu davrda ya'ni XIX asrning 60yillarida Rossiyaning progressiv pedagoglari maktab ta'limi yo'lida jiddiy izlana boshlagan edilar. Xuddi shu yillarda mashhur rus ma'rifatparvari K D. Ushinskiy ajoyib pedagogik g'oyalarni ilgari suradi. Jumladan, geografiya ta'limining mohiyatini asoslab beradi. U geografiya maktabdagi asosiy o'quv predmetlaridan biri bo'lishi kerak, degan fikrni olg'a suradi.K. D. Ushinskiy geografiyani o'rganishni o'z joyini, o'lkasini o'rganishdan boshlashni tavsiya etgan. Geografiyani o'qitish o'z joyini o'rganishdan boshlaьyua, o'quvchilar bilimi yanada jonliroq va yaxshiroq o'zlashtiriladi. K. D. Ushinskiyning metodika sohasidagi fikrlari ta'sirida Rossiyada vatanni o'rganish prinsipiga asoslangan dastlabki geografiya darsligi vujudga keldi. Ana shu ilg'or metodik qarashlar Rossiyaning chekka o'lkalariga, jumladan, Turkistonga ham etib keldi. 1866 yilda Toshkentda boshlang'ich ma'lumot beruvchi birinchi rus maktabi ochilgan. 1877 yili Toshkentda hozirgi O'zbekiston territoriyasidagi birinchi gimnaziya tashkil qilinadi. 1879 yilda Turkiston o'qituvchilari seminariyasi ochiladi. Rus maktablari Rossiya Maorif ministrligi tomonidan tasdiqlangan o'quv plani va dasturlari asosida ish olib borgan. XIX asrning 80 yillarida maxalliy aholi bolalarini o'qitish uchun maxsus rustuzem maktablari ochila boshladi. Bu maktablarni ochishdan asosiy maqsad tub joy aholi orasidan rus tilini biluvchi kichik amaldor va tarjimonlar, mustamlakachilik siyosatining vositachilarini etishtirish, keyinchalik esa mahalliy aholini ruslashtirish bo'lsada, rustuzem maktablari ma'lum darajada ijobiy rolь o'ynadi. O'zbekiston territoriyasida birinchi rustuzem maktabi 1884 yilda Toshkentda, keyinchalik, 1891 yili Xivada, 1894 yili Buxoroda ham ochildi; shundan so'ng bu ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.47 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.47 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: doc