Turkiya Respublikasi haqida umumiy ma'lumot

Turkiya Respublikasi haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Turkiya Respublikasi haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Turkiya Respublikasi Geografik o'rni va chegaralari. Geografik o'rni va chegaralari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Tarixi. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari Aholisi va mehnat resurslari. Xo'jaligiga umumiy ta'rif. Sanoati. Qishloq xo'jaligi. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Turkiya O'zbekiston munosabatlari. Iqtisodiy rayonlari. Tayanch so'z va iboralar: yassi tog'lik; tekislik; pasttekislik; ko'rfaz; allyuviy; plato; qora tuproq; O'rta dengiz iqlimi; aholi; aholining tabiiy o'sishi; urbanizatsiya; metallurgiya; tog'-kon sanoati; yengil sanoat; ekstensiv xo'jalik; tranzit. Geografik o'rni va chegaralari. Turkiya hududi dunyoning ikki qismida: Yevropava Osiyoda joylashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Uning asosiy qismi Anatoliya (hamma maydonning 97%) Osiyoda joylashgan, shuning uchun Turkiya odatda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari guruhiga kiritiladi. Yevropaqismi-bu eng cheka Bo'lqon yarimorolining janubiy-sharqida joylashgan (3%). Turkiyaning geografik o'rni Yevropani Osiyo bilan Qora dengiz bo'yi mamlakatlarini O'rta dengiz bilan birlashtiruvchi muhim chorrahalar yo'lida joylashganligi bilan xarakterlanadi. Marmar dengizi, Bosfor va Dardanell bo'g'ozlarini Qora dengizni Dunyo okeani bilan bo'g'lovchi muhim xalqaro yo'l hisoblanadi. Turkiya orqali Yevropani Osiyoning ko'pgina mamlakatlari bilan birlashtiruvchi temir yo'l va shasse magistrali o'tadi. Turkiya shimolda Qora dengiz suvlari bilan, g'arbda Egey dengizi, janubda O'rta dengiz suvlari bilan yuvulib turadi. O'zining konfiguratsiyasiga ko'ra kenglik yo'nalishda cho'zilgan to'g'ri to'rtburchakni eslatadi. G'arbdan sharqqa uzunligi 1600 km, shimoldan janubga 550 km, janubda Suriya (chegara uzunligi 822 km) va Iroq bilan (331 km), sharqda Eron bilan (449 km), shimoliy-sharqda Armaniston(268 km), Gruziya (252 km) va Ozarbayjon (Naxachivan oblasti- 9 km) bilan, shimoliy- g'arbda Bolgariya (240 km) va Gretsiya (206 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 2627 km, sohilbo'yi uzunligi 7200 km, mamlakatning umumiy maydoni 779,452 km2 (quruqlik maydoni -770760 km2). Turkiya Respublikasining poytaxti - Ankara. U NATO a'zosi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Turkiya to'g'li mamlakat. Ularning dengiz sathidan o'rtacha balandligi 100 m. Uni maydonining katta qismini Anatoliya yassi tog'ligi tashkil qiladi, shimolda Pontiya tog'lari, janubda esa Tavr tog'lari ko'tarilib boradi. Bu esa uni dehqonchilik qilish imkonini cheklaydi. Pontiya tog'ligi 100 km masofada Qora dengiz sohiliga parallel cho'zilgan. Sharqda ular Kavkaz chegaralarigacha, g'arbda Sakarya daryosi tekisligiga yetib boradi. Pontiya tog'lari uzliksiz zanjir hosil qilmaydi va u chuqur tog' oralig'i vodiylari bilan yoki sohilbo'yiga parallel cho'zilgan bir qancha botiqlar zanjiri bilan ajraladi. Shimolda Pontiya tog'lari Qora dengiz tomon pasayib boradi, 5-10 km li tor sohilbo'yi palasasi qoldiradi. Faqat Qizil Irmak, Yashil-Irmak va Sakarya daryolari bo'yida sohilbo'yi tekisligi 50-60 km gacha kengayadi. Pontiya to'g'larining o'rtacha balandligi 2500 m, tog' tizmasining sharqiy qismida balandlik ortib boradi. (Kachkar tog'i 3937 metr) yon bag'irlari juda tik, ochiq vodiylarning yo'qligi bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.3 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.3 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga