Turkmaniston davlati va Tojikiston Respublikasi umumiy ta'rif Reja: 1. Geografik o'rni. 2. Aholisi. 3. Xo'jaligi 4. Iqtisodiy rayonlari. Turkmaniston respublikasining maydoni 488.1 ming km.kv bulib, maydoni bo'yicha MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog'iston, Ukrainadan keyin 4-o'rinda, Markaziy Osiyoda esa ikkinchi o'rinda turadi. Aholisi 4.5 mln. kishi. Aholi zichligi 1 km.kv.ga 92 kishi ga to'Іri keladi. Turkmaniston respublikasi industrial-agrar mamlakat bo'lib, iqtisodiyotining asosini sanoat tashkil etadi. Xalqaro mehnat taqsimotida neft-gaz qazib chiqarish va paxta yetishtirish bilan ishtirok etadi. Turkmaniston respublikasi chetga asosan, neft va neft mahsulotlari, natriy sulfat, elektroenergiya, sement xom ashyosi, paxta yoІi, poliz ekinlari, qorako'l terisi eksport qiladi. Bundan tashqari Turkmanistondan neft sanoati uchun mashina va uskunalar chetga sotiladi. Tabiiy sharoiti va boyliklari Turkmaniston respublikasi tabiiy sharoitining o'ziga xosligi bilan MDH davlatlaridan farq kiladi. Respublika hududining 80% qismi dengiz sathidan 200 m gacha bo'lgan tekisliklardan iborat. Kaspiy bo'yi past tekisligidan janub tomonga asta-sekin ko'tarilib boradi. 12% hududi Tog' oldi. 8% esa Tog'liklardan iborat (Turkman -Xuroson Tog' sistemasi). Bu yerda dunyodagi eng katta cho'llardan biri Qoraqum cho'li joylashgan. Markaziy Osiyodagi eng qurІokchil respublika bo'lib hisoblanadi. Cho'llarda doimiy oqar suvlar yo'k. Yerlarni sug'orish maqsadida kanallar qazilgan. Mineral resurslar Turkmaniston respublikasi yirik gaz zahiralari bilan ajralib turadi. Gaz qazib olish bo'yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Gaz zahiralari deyarli barcha viloyatlar hududidan qazib olinadi. Neft zaxiralari asosan Kaspiy buyida xamda dengiz relflarida joylashgan. Neft konlarida yuldosh gazlar xam uchraydi. Turkmaniston respublikasida temir rudasi va rangli metallar nixoyatda kam. Lekin respublika ximiyaviy xom-ashyolarga boyligi bilan xam ajralib turadi. Bundan tashqari qurilish materiallari xam kup. Bu yerda oltingugurt konlari (Chorjo'y viloyatining janubi-sharqidagi Gourdak koni) yodobromli suv (Cheleken yarim orolidagi va Nebit Dogda). Mineral tuzlar (Јora-buroz-kol qo'ltiІida, Kaspiy bo'yida va boshqalar), sement xom-ashyosi (Bezmein), ozokerit va boshqalar topilgan. Respublikada Chorjo'y superfosfat zavodi, Mariy azot-tuk zavodi ishlab turibdi. Yer resurslari. Respublikada yer resurslari ko'p bo'lib, sanoat qurilishi uchun qiyinchilik tuІdirmaydi. 6-7 mln.ga yerda suІorib dehqonchilik qilinishi mumkin, lekin suv tanqisligi sababli 1 mln.ga.yer suІoriladi xolos. Cho'llardan chorvachilikda yaylov sifatida foydalaniladi. Iqlimning issiqligi bu yerda subtropik ekinlar yetishtirishga imkon beradi. (Respublikaning janubi va janubi-sharqi). Suv resurslarining asosiy qismini Amudaryo tashkil etadi. (95%). Murg'ob, Tedjen, Atrek daryolari sug'orish uchun ishlatiladi. 1 km.kv.ga hisoblaganda MDH davlatlari orasida eng kam, 1 km 2 uchun 0,94 ming m- (MDHda bu ko'rsatkich 190 ming m). Aholisi Aholisi 4,5 mln. kishi. Milliy tarkibida turkmanlar ko'pchilikni tashkil etadi. (72%), bundan tashqari ruslar 9.5%, o'zbeklar 9%, qozoqlar 25%, tatarlar 1.1%, ukrainlar 1%, ozarbayjon, armanlar, yevreylar va ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.63 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.63 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: doc