Turkmaniston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida ma'lumot

Turkmaniston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Turkmaniston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Turkmaniston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari Reja: 1. Turkmaniston Respublikasining geografik o'rni, chegaralari. 2. Tabiiy sharoiti. 3. Tabiiy resurslari va ulardan xo'jalikda foydalanish masalalari. 4. Turkmanistonning aholisi va mehnat resurslari 5. Xo'jaligining umumiy ta'rifi Hududi-488,1 ming kv km. Aholisi-5,2 mln.kishi. Poytaxti -Ashgabad shahri. Hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik o'rni, davlat tuzumi. Turkmaniston hududi kattaligi jihatidan Markaziy Osiyoda ikkinchi o'rinda turadi. Markaziy Osiyo hududining 12,5 foizi Turkmaniston davlatiga to'g'ri keladi. Uning hududi Rossiya, Qozog'iston yoki Ukraina davlatlarinikidan kichik bo'lib, o'z navbatida Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Gretsiya, Daniya, Portugaliya va Shvetsariya davlatlarining hududlrini birga qo'shib hisoblaganda ham ulardan kattadir. Turkmanistonning yer ustki tuzilishi orografik xususiyatlari va tabiati g'oyat rang-barang, balandligi 3 km. ga boradigan tog'lar, chuqurligi dengiz sathidan 100 metr keladigan cho'kmalar, poyonsiz Qoraqum barxanlari, gadimiy daryolarning qoldiq o'zanlari, sho'r ko'llar, daryo vodiylari, quruq subtropik mintaqali zonalar ko'zga tashlanadi. Turkmaniston Markaziy Osiyoning g'arbidagi eng katta tekislikni ishg'ol qilgan davlat. Hududining 45 qismi Turon pasttekisligida joylashgan. Turkmaniston shimoldan Qozog'iston, shimol va shimoli sharqdan O'zbekiston, janubdan Eron va Afg'oniston bilan chegaralanadi. Mamlakatning katta masofa 800 km. atrofidagi chegarasi g'arbda Kaspiy dengizi orqali o'tadi. Univg mazkur geografik o'rni xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun bir qator qulayliklar tug'diradi. Kaspiy dengiz orqali o'tgan chegarasi Turkmanistonning o'nlab xorijiy mamlakatlarga bevosita chiqish imkoniyatini beradi. Quruqlik orqali esa Turkmaniston temir yo'l, avtomobil yo'li va quvur transporti bilan Markaziy Osiyo davlatlari hamda Eron, Afg'oniston va boshqa xorijiy davlatlarga chiqish imkoniyatiga ega. Turkmaniston dunyoning qadimiy davlatlaridan biri hisoblanadi. O'tgan asrning 70-yillarida u chor Rossiyasi tomonidan ishg'ol qilindi, 1917-1991 yillarda esa sobiq SSR tarkibida bo'ldi. Turkmaniston o'z mustaqilligini 1991 yilda qo'lga kiritdi. Davlatning nomi Turkmaniston deb qabul qilindi. 1991 yil 27 oktabr kuni Turkmanistonning mustaqillik kuni deb e'lon qilindi. Davlatni Prezident boshqaradi. Prezident umumxalq tomonidan 5 yil muddatga saylab qo'yiladi. Turkmaniston Respublikasi Ashgabad, Krasnovodsk, Mari, Chorjo'y, Doshavuz viloyatlarini o'z ichiga oladi. Turamaniston MODga kiradi. O'z navbatida u Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo'shnichilik aloqalarini olib boradi. Aholisi, aholining etnik kelib chiqishi, milliy tarkibi joylashishi Turkmaniston aholisining soni jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida to'rtinchi o'rinda turadi. Bu yerda aholi ancha siyrak joylashgan. Markaziy Osiyo davlatlarida har bir kv. km ga 13,8 kishi to'g'ri kelgani holda Turkmanistonda aholi zichligi 9,2 kishiga teng. Aholinnig etnik kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. Turkman so'zi birinchi marta arab adabiyotida X asrda tilga olinadi. Turkmaniston ya'ni Turkmanlar mamlakati so'zi esa o'rta asrlardayoq mavjud bo'lgan. Turkmanlar tekin, salir, nomut, ersar, keradoshli, chovdur va bochqa qabila urug'lardan tarqalgan. Ular azal-azaldan tog' ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.93 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.93 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga