Turmush darajasining ko'tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash

Turmush darajasining ko'tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash

O'quvchilarga / Geografiya
Turmush darajasining ko'tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash - rasmi

Material tavsifi

Turmush darajasining kutarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash Reja: 1. Turmush darajasining kutarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash tizimlari 2. aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash 3. Maishiy xizmatlarni prognozlash 4. Oliy maktabni bitiruvchi mutaxassislarni prognozlash xalq farovonligini aniklovchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil - bu, turmush darajasi bo'lib, u kishilarning jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy talablari darajasini xarakterlaydi. ehtiyojlar harakatini baholash masalasi ijtimoiy-iqtisodiy jamiyat taraqqiyotini prognozlashda salmokli urin tutadi. Turmush darajasini aniklovchi rivojlanish talablarini tahlil qilish, talablar tarkibida ularning taraqqiyotiga ta'sir etuvchi sezilarli omillarni aniqlash, sabab-oqibat va ehtiyojlar harakati orasidagi bog'lanishlarni hamda aks etgan omillarni urnatish, o'tmishdagi talab-ehtiyojlar o'zgarishini tahlil qilish, ijtimoiy taraqqiyot va turmush darajasi bilan o'zaro boglangan prognozlanadigan ko'rsatkichlarni aniqlash asosida olib boriladi Bu sohada prognozlashning asosiy masalasi eng avvalo aholining kelajakdagi talab-ehtiyojlarini va ularni kondirish imkoniyatlarini aniklashdan iborat. Masalan, yuqori sifatli va turli - tuman ozik-ovqat mahsulotlari, xizmat ko'rsatish, uy-joy va boshqalar. Ijtimoiy turmush tarzini xar tomonlama va tubdan prognozlash muammolarini kamrab olish, umumdavlat turmushi darajasini ko'tarish va ijtimoiy rivojlanish prognozlari tizimini ishlab chiqish sistemaning ijtimoiy turmush darajasini barcha rejalashtirilgan jabhalarda kutaruvchi kompleks rejalashtirishni ishlab chiqish bazasidir. Ijtimoiy rivojlantirishni prognozlash va turmush darajasini ko'tarish tizimi, umumiy bog'lanishni va aqliy ketma-ketlik bo'yicha prognozlar ishlab chiqishni taminlovchi kompleks ko'rsatkichlarga asoslanadi. Ularning eng dolzarblari kuyidagicha: jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va aholi tarkibini hamda sonining dinamikasini ifodolovchi (xarakterlovchi) ijtimoiy-demografik ko'rsatkichlar; umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar, turmush darajasining kutarilishini qiymat nuqtai nazaridan aniklashga imkon beruvchi iqtisodiy sharoit, xar bir jon boshiga to'g'ri keladigan milliy daromad, aholi daromadining strukturasi va dinamikasi, resurslarning istemoli va ularning milliy daromaddagi xajmi; asosiy ozik-ovqat mahsulotlari istemolining ko'rsatkichlari; noozik-ovqat tovarlari (mollari), aholi jon bishiga sotiladigan tovarlar xajmi, madaniy-maishiy jihozlar bilan oilaning ta'minlanganligi uy-joy va kommunal kulayliklar bilan ta'minlanganlik, madaniy va maishiy xizmat ko'rsatish, bolalar, o'quv-profilaktik, san'atoriya-dam olish maskanlari, turistik muassasalar ko'rsatkichlari. 2. aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash ehtiyojni va chakana tovar ayirboshlash prognozlari turmush darajasining kutarilishi va istemol bilan chambarchas bog'liq. xalq istemoli mollarining prognozlarini ishlab chiqish jarayonida olingan natijalar, alohida shaxsiy ehtiyojlarni aniklashdagi sunggi bosqich ishlab chiqarish bo'lib, bu o'z navbatida ishlab chiqarishning jadalligi va proportsiyasini boshqarish imkoniyatiga; iqtisodiy sohalar rivojlanishining optimal dasturlarini va uning guruhlarini ishlab chiqishga; chakana tovar ayirboshlashning shakllanishiga imkon beradi. Talab deganda bozorning tovarlarga bo'lgan ehtiyoji, taklif deganda esa bozordagi yoki bozorga olib kelishi mumkin bo'lgan mahsulot tushuniladi. xalqning moddiy farovonligi ogishmay o'sishi, jamiyat va shaxsiy ehtiyojlarning o'sishiga olib keladi va ularni koniktirishda chakana tovar ayriboshlash salmokli urin egallaydi. Tovar ayriboshlash deganda xalq ehtiyojlari mollarini sotish orqali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga