Ukraina Respublikasi

Ukraina Respublikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Ukraina Respublikasi - rasmi

Material tavsifi

Ukraina Respublikasi Ukraina MDH ning janubi-g'arbida, Sharqiy Yevropatekisligining janubida joylashgan. Maydoni 603,7 ming km2 bo'lib, maydoniga ko'ra MDH da 3-o'rinda turadi. Iqtisodiy geografik o'rni qulayligi Qora va Azov dengizlari boyida joylashganligi, Rossiya bilan chegaradoshligi va tranzit yo'llar tugunida joylashganligidir. Ukraina shimoldan Belorus, shimoli-sharqda va sharqda Rossiya, janubdan Qora va Azov dengizlari, janubi-g'arbdan moldaviya, Ruminiya, g'arbdan esa Ruminiya, Vengriya, Slovakiya, Polsha bilan chegaradosh. Mazkur davlatlar bilan bo'lgan chegarani temir va avto yo'llar, neft va gaz quvurlari, elektr uzatish liniyalari kesib o'tgan. Ukrainaning tabiiy resurslari ilgaridan o'rganilgan. Asosiy boyliklaridan biri Temir rudasi bo'lib, uning yirik konlari Krivoy - Rog, Kerch konlaridir. Molibdenning yirik konlari Nikopolda joylashgan. Mamlakat ekonomikasida Donbass (10 ta yirik koni bor) kokslanuvchi va energetika ko'mir havzasining ahamiyati katta. Bundan tashqari Lvov-Volinsk toshko'mir havzasining ahamiyati katta. Tabiiy gazning yirik konlari Dashava va Shebelinka konlaridir. Neft konlari mamlakat ehtiyojini qoplamaydi. Bulardan tashqari simob, nikel, alyuminiy, titan rudalari bor. Ukraina sanoati xom-ashyosiga boy. Osh tuzi, kaliy tuzi (Karpat tog' etaklarida), tabiiy oltingugurt (Rozdol, Lvov oblastida) ohaktosh, kaolin konlari bor. Suv resurslarining yetishmasligi mamlakat ekonomikasining rivojlanishiga katta qiyinchilik tug'diradi. Daryolari ko'p, lekin suvi kam, gidroenergiya resurslari kam. Ayniqsa janubi-sharqda suv juda kam. Mamlakatning g'arbiy qismida esa suv toshqinlari bo'lib turadi. Ukrainaning hozirgi chegarasi 1917 yil chegaralangan. 1939-45 yillari G'arbiy Ukraina, Zaxkarkate, Shimoliy Bukovina (Chernovsi oblasti) va Bessarabiyaning janubiy qismi Ukraina tarkibiga kiradi. Ukraina Respublikasi ma'muriy-hududiy jihatidan 1 ta avtonom Respublika (Qrim), 24 ta oblastdan tashkil topgan. Aholisi 51,2 mln (1990), 50,5 mln (1998 y), 47,8 mln (2003y)kishi bo'lib, aholisining soni boyicha MDH da 2-o'rinda turadi. Aholi zichligiga ko'ra 3- o'rinda (Moldaviya va Armanistondan keyin). Aholi o'rtasidagi tug'ilish koeffisienti 8 ‰, o'lim 15‰. 1 ayolga 1,1 bola to'g'ri keladi. 15 yoshgacha bo'lganlar salmog'i 18%, 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 14 % . O'rtacha umr 62-74 yosh. YAMD 4270$ (2001 y).Aholisining 68 %i shaharlarda yashaydi.Millioner shaharlari 5 ta: Kiev (2,5 mln.), Xarkov, Dnepropetrovsk, Odessa, Donesk.Aholisining 75 %ini ukrainlar tashkil etadi, qolganini ruslar (20 %), moldavanlar, beloruslar, polyaklar tashkil etadi.Ukraina aholisining milliy tarkibiga Ukrainaning Rossiya bilan 3,5 asr birga bo'lganligi (1654 yildan) ta'sir etgan. Ukrainada qadimdan qand-shakar, ko'mir va metallurgiya sanoati rivojlangan.XGMTda Ukraina hududida 3 ta iqtisodiy rayon tarkib topgan: 1.Donesk-Dnepr boyi-bu rayonda ko'mir, metallurgiya, ximiya va mashinasozlik eng ko'p rivojlangan.Bu rayon asosan Donbass hisobiga rivojlangan. Yirik metallurgiya markazlari: Makaevka, Donbass, Azov boyida joylashgan.Asosiy mahsulotlar: prokat, ekskavatorlar, ko'mir qaziydigan kombaynlar va shaxta uskunalari, teplovozlar, avtomobillar (Kremenchug-Kraz, Zaparoje Zaparojes), vagonlar, domna va po'lat eritadigan pechlar va uskunalar.Ximiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.49 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.49 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga