Umumiy geografik ma'lumotlar. Dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi Geografiya faning dunyoga kelishi Tayanch so'z va iboralar: gorizont tomonlari; arxipelag; botiq; Yer po'sti; geografik qobiq; iqlim mintaqalari; ko'rfaz; materk sayozligi. Bizning yer to'g'risidagi zamonaviy bilimlarimiz bir vaqtda vujudga kelgan emas, ular asta - sekin paydo bo'lganlar va odamzodning sanoqsiz avlodlari ko'p asrlar davomida qilgan ishlarini natijasidan kelib chiqqan. Geografiyaning rivojlanishi butun insoniyatning umumiy madaniy rivojlanishi bilan amalga oshgan, zamonaviy geografiya esa o'tgan asr tarixi bilan chambarchas bog'liq. Nomalum joylarga kelib qolgan qadimgi sayyohlar haqiqatdan doimo ko'rganlarini tasvirlab kelgan edilar; daryonlarni tog'larni, o'rmonlarni, dengizlarni odamlarni, ularning ho'jaligini, urf - odatlarini, dostonlarini, tabiat va kasallik bilan kurashish usullarini, ularning tarixini va h.k. Bu vaqtlarda butun atrof - muhit inson uchun ilmiy bilish obyekti bo'lgan. Usha uzoq davrlarda geografiya shunday asos bo'lib xizmat qilgan, shunday hilma - hil ma'lumotlar to'plami bo'lganki, shular asosida ko'pdan - ko'p fanlar o'z negizini boshlagan: fizika, astronomiya, iqtisodiyot va etnografiya, tibbiyot va tarix. Geografiya tarixi - butun jahon tarixini asosiy boblaridan biri bo'lib, geografiya taraqqiyoti odamzodning dunyoqarashiga katta ta'sir ko'rsatdi. Haqiqatdan, geografiyaning kerakligiga hech kim shubha bilan qaragan emas. Odamlar yangi yerlarni ochib kelib, yer kurrasidagi oq dog'larni o'chirib kelgan edilar. Geografiya yetqazib bergan ma'lumotlar boshqa fanlarni ta'minlab turar edi, insonning amaliy faoliyati xilma-xil hodisalar va jarayonlar to'g'risida chuqirlashgan bilimlar talab qilar edi. Shunday qilib, yangi ilmiy yo'nalishlar paydo bo'lar edi. Yorqin va dramatik davrdagi Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin (XV asr oxirlari - XVII asr o'rtalari) yangi yerlar to'g'risidagi ma'lumotlar hayratga solganda, geografiyadan ajralib chiqqan ilmiy mustaqil fan sohalari tez avj olib rivojlangan. Geografiya ensiklopedik fan bo'lgan, u mamlakat va halqalar to'g'risidagi xilma-xil bilimlar yig'indisidan iborat bo'lgan. Undan o'zining aniq tekshirish obyektlari mavjud bo'lgan tor fanlar ajralib chiqdi. Bu - geomorfologiya - relyef tog'risidagi fan, gidrologiya - suvlar to'g'risidagi fan, iqlimshunoslik - havo massalarini o'rganuvchi fan va h.k. O'zaro bog'liq va o'zaro aloqador zamonaviy tabiatshunoslikdagi nazariy tasavvur geograflar uchun o'ziga hos bo'lgan tabiatni tekshirishda geografik qulay yo'l bo'lib qoldi. Geografik qulay yo'l nima uchun kerak, uni ustunligi nimadan iborat? Balki atrofimizdagi tabiiy muhitni tushunish uchun fizika, biologiya, geologiya, himiya fanlarini bilishi yetarlidir? Vaholanki, bu bilimlar zarur bo'lib yetarli emas ekan. Tabiat va uning obyektlariga kompleks ko'pqirrali qarash zarur. Bizning atrofimizni 4 ta o'zaro ta'sir qiluvchi va bir - biriga o'tuvchi atmosfera, gidrosfera, litosfera, biosfera qobiqlari o'rab turadi. Yerning geografik qobig'i bu bir butun, qonuniyat orqali o'rganiladigan tabiiy qism - tabiiy geografiyaning umumiy obyekti bo'lib qoldi. Shunday qilib, zamonaviy geografiyaning asosiy ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:17 ]
Arxiv ichida: doc