Umumiy tabiiy geografiya Reja: 1.Geografik qobiq. 2. Asosiy geografik qonuniyatlar. 3. Yer landshafti qobig'ining bir butunligi. 4. Landshaft komponentlarining o'zaro modda va energiya almashinishi orqali bog'langanligi. 5. Zonallik va azonallik (regionaol) qonuniyatlar 6. Landshaft qobig'idagi jarayonlarning davriylik xususiyati. Geografik qobiq Hozirgi vaqtda kishilarning mehnat faoliyati olib boriladigan, ya'ni jamiyat bilan tabiat o'rtasidagi aloqalar ro'y beradigan muhit turli mualliflar tomonidan turli xil terminlar bilan ifodalanmoqda. Chunonchi, tabiat, tabiiy muhit, landshaft qobig'i, geografik qobiq, geografik sistema va boshqalar mavjud. Aslini olganda bu terminlar mazmuni bir xildek ko'rinsada, ular bir-biridan farq qiladi. Tabiat tushunchasi umumiy ilmiy va falsafiy tushuncha bo'lib, butun borliqni-koinotni o'z ichiga oladi. Torroq ma'noda olganda esa barcha tabiiy fanlarning o'rganish obyekti. Tabiiy muhit tushunchasi esa tabiatning jamiyat bevosita aloqada bo'lgan qismini ifodalaydi. Insonning fan va texnika imkoniyatlari oshib borgan sari tabiiy muhit ham eniga, ham bo'yiga kengayib boradi. Geografik muhit tushunchasi esa Yer (geo) bilan bog'liq tushuncha bo'lib, Yerning yuza qismi bilan uning yaqin atrofini o'z ichiga oladi. Geografik qobiq bilan landshaft qobig'i tushunchalari bir-biriga juda yaqin. Geografik qobiqqa yer po'sti, butun gidrosfera va biosfera hamda atmosferaning quyi (troposfera) qismi kiradi. Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari: a) geografik qobiq bir butun hosila, kompleksdir, uning bir butunligi tarkibiy qismlari o'rtasida to'xtovsiz ravishda modda va energiya almashinib turganligi natijasidir; b) unda moddalar va energiyaning aylanma harakati mavjud. Shu sababli tabiiy jarayonlar takrorlanib turadi; v) geografik qobiq vaqt va makonda bir tekisda rivojlanmaydi, ritmlilik mavjud; to'xtovsiz rivojlanishda davom etadi. Geografik qobiq bir butun bo'lsada, u o'z navbatida tarkibiy qismlardan-kichikroq geografik komplekslar, ya'ni landshaftlardan tashkil topgan. Tabiatda har bir hududiy kompleks, u hoh butun Yer yuzini o'z ichiga olgan landshaft qobig'i bo'lsin, hoh eng kichik kompleks bo'lsin, ya'ni landshaftdan, yoki uning morfologik qismlari-urochishe yoki fatsiyalardan iborat bo'lsin, muayyan muvozanatdagi komponentlar birligidan iborat va to'xtovsiz rivojlanishda bo'ladi. Har bir komponent alohida rivojlanmasdan, o'zaro bog'liq holda rivojalanadi. Tabiatning yana bir xususiyati sisitemali tuzilishga ega ekanligidir. Unda turli ko'lamdagi sistemalar mavjud. V.B.Sochava sistemalarni uchta asosiy katta-kichik bosqichga ajratishni taklif qiladi: planetar, regioanl va topologik. Planetar geosistema geografik (landshaft) qobiqdan iborat. Regioanl geosistemalarga geografik qobiqning yirik qismlari-tabiiy geografik zonalar, tabiiy o'lkalar, provinsiya va landshaftlar kiradi. Topologik geosistemalarga landshaftning tarkibiy (morfologik) qismlari-joy, urochishe, fatsiyalar kiradi. Geosistemalarni tabiiy geografiya o'rganadi. Planetar geosistemalar-geografik (landshaft) qobiqning qonuniyatlari va xususiyatlarini umumiy yer bilimi, regional va topologik geosistemalarni landshaftshunoslik o'rganadi. Kompleks tabiiy geografik tadqiqotlar xulosalariga amal qilmay tabiatdan to'g'ri foydlanish mumkin emas. Tabiatdan to'g'ri foydalanishning tabiiy geografik asoslari deb N.A.Gvozdetskiy, Y.K.Yefremov va boshqalar quyidagilarni ko'rsatishadi: ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:17 ]
Arxiv ichida: doc