Umumiy yer bilimiga kirish Reja: 1. Umumiy yer bilimi fanini o'rganish oboekti va uni geografiya fanlari sistemasidagi o'rni. 2. Umumiy yer bilimi faninig rivojlanish tarixi. 3. Umumiy yer bilimi bo'yicha darsliklar va o'quv qo'llanmalar. Umumiy yer bilimi fanini o'rganish oboekti va uni geografiya fanlari sistemasidagi o'rni. Umumiy yer bilimining o'rganish obyekti geografik qobiq hisoblanadi. Uning vazifasi dinamik sistema bo'lgan geografik qobiqni tuzilishi va rivojlanishi hamda fazoviy tabaqalanish qonuniyatlarini bilishdir. Shunday qilib, tabiiy komponentlar, ya'ni tog' jinslari, rel'ef, havo, suv, tuproq, o'simlik va hayvonlarning o'zaro aloqasi, o'zaro bog'liqligi va o'zaro taosiri natijasida hosil bo'lgan geografik qobiqning muhim va asosiy qonuniyatlarini umumiy yer bilimi o'rganadi. Bu fan fundamental geografik fanlar qatoriga kiradi. Umumiy yer bilimi sizlarni geografiya dunyosiga olib kiruvchi nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan fandir. Geografik qobiqni rivojlanish qonuniyatlarni o'rganish unda yuz berayotgan turli jarayonlarni optimal boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda asos bo'ladi. Geografik qobiq bir butunlik xususiyatiga ega bo'lgan murakkab tuzilishga ega bo'lgan moddiy sistemadir. Uni o'rganishda umumiy yer bilimi turli geografiya fanlari hamda matematika, fizika, geologiya, astronomiya, kimyo, biologiya, ekologiya kabi boshqa fanlar bilan ham hamkorlik qiladi. Umumiy yer bilimi geografiya fanlari sistemasida tabiiy geografiyaning kompleks fanlar guruhchasiga kiradi. Umumiy yer bilimi fanining rivojlanish tarixi Umumiy yer bilimi fan sifatida shakllanishini geografiya fanini rivojlanishidan ajratib bo'lmaydi. Uning ildizlari antik davrgacha boradi. Qadimgi Greciya olimlari eramizdan avvalgi asrlardayoq yerni sharsimonligi va yerni o'z o'qi atrofida aylanishi to'g'risida datlabki fikrlarni aytishgan. Umumiy yer bilimining ko'pgina masalalari mashhur yunon olimi aristotelp asarlarida ishlab chiqilgan. Uning metereologiya asari umumiy yer bilimi fani muqaddimasi deyish mumkin. Unda yer qobiqlarini bir-biriga kirishishi, smuvni aylanishi, yuza oqimlari hisobiga daryolarni hosil bo'lishi, yer yuzasini o'zgarishi, dengiz oqismlari, yer qimirlashlar, yerning zonalari to'g'rismida so'z yuritiladi. eratosfen yer aylanasini o'lchadi, yerni mintaqalarga bo'ldi, geografiya atamasini birinchi bo'lib qo'lladi. Rim imperiyasining gullagan davrida yashagan yunon olimi Klavdiy Ptolomey umumiy yer bilimini rivojlanishiga muhim xissa qo'shdi. U 8 tomlik geografiya asarini yozdi. U geografiya va kartografiyani ajratdi. Ptolomey ikkita yangi kartografik proekciyani taklif qilgan. 1650 yilda Gollandiyada Bernxard Vareniy umumiy geografiya asarini chop etdi. Bu asrdan boshlab umumiy yer bilimini fan sifatida shakllangan deyish mumkin. U o'z asarida umumiy va xususiy geografiyani ajratgan va izohlagan. Lekin asarda odam geografiyani o'rganish obyekti sifatida qaramagan. Geografiya nemis olimi A.Gumboldt tomonidan rivojlantirildi. U tabiatni bir butun va o'zaro bog'langan sistema deb tushundi, aloqadorlikni tahlil qilish geografiya fanlarining asosiy vazifasi ekanligini tushuntirdi, zsl geografiyasiga asos soldi. 1880 yillarda umumiy yer bilimining ilmiy asoslari rus olimi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.8 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.8 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:17 ]
Arxiv ichida: doc