Umumiy Yer bilimining rivojlanish tarixi

Umumiy Yer bilimining rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Geografiya
Umumiy Yer bilimining rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Umumiy Yer bilimining rivojlanish tarixi Umumiy Yer bilimi eng qadimgi fanlar qatoriga kiradi. Uning rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin. Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Fan insonning ongli fao-liyati sifatida qadimgi Yunonistonda miloddan awalgi VI-V asrda vujudga kelgan. Ushbu bosqichda geografik ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy natijalar quyidagilardan iborat: - Gomer tomonidan miloddan awalgi XII asrda Dunyo xaritasi tuzildi. O'rta asrlar bosqichi. Mazkur bosqichda geografiya fani aso-san sharq mamlakatlarida rivojlandi. Aleksandriyalik Kosma Indikoplov IV asrda Dunyo xarita-sini tuzdi. Uning xaritasida Shimoliy Afrika, Yevropa, O'rta dengiz (Rim), Osiyo, Kaspiy dengizi tasvirlangan. U yer yuzasini okean bilan o'ralgan yassi to'rtburchak shaklida tasvirlagan. VII-IX asrlarda Axmad Al-Farg'oniy astrolabiya asbobini yaratdi, astronomiya, gidrologiya va geodeziya sohasida muhim ilmiy ishlar olib bordi. Ushbu bosqichdan boshlab Yevropada fan yana rivojlana boshladi. Natijada dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan kashfiyotlar qilindi. 1492-yil Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit'asi ochil-di. X. Kolumbning asosiy maqsadi Hindistonga dengiz yo'lini ochish bo'lgan. Shuning uchun u kashf qilgan joylarni Hindiston, u yerdagi mahalliy aholini esa Hindular deb atagan. 1499- 1501-yillari Amerigo Vespuchchi Amerika qit'asini shimoliy qismlarini tekshirdi va yangi yerlarning ilk tavsifini yozdi. 1507-yili fransuz geografi M. Valdzemyuller materikni Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etdi Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi. Ilmiy geografik ishlar bosqichi (XVII-XIX asr). Mazkur bosqichdan boshlab birinchi marotaba maxsus ilmiy ekspeditsi-yalar uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalar Fransiyada (Bugenvil, Laperuza), Buyuk Britaniya (J.Kuk, Vankuver), Rossiyada (Bering, Chirikov, Krasheninnikov va boshqalar) uyushtirildi. Natijada Tinch okeni, Osiyo, Shimoliy Amerika qirg'oqlari, Afrikaning va Janubiy Amerikaning ichki qismlari va tabiati o'rganildi. Yerning ichki qismlari, Yer yuzasi relyefi, Ye.r usti va osti suvlari, shamollar, o'simliklar haqida bilimlarni to'planishi bilan tabiiy geografiyadan geologiya, gidrologiya, geobotanika va meteorologiya ajralib chiqib ketdi. XX asr bosqichi. . Mazkur bosqich ikki davrdan iborat: Birin-chi davr XX asrning birinchi qismini o'z ichiga oladi. Mazkur davrda tabiiy geografiyada qator muhim ta'limotlar yaratildi. V.V.Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta'limoti yaratildi. A. A. Grigorev tomonidan esa geografik qobiq va geografik muhit ta'limoti yaratildi. Biosfera haqida ta'limot esa V. A. Vernadskiy tomonidan yaratildi Umumiy yer bilimining o'rganish obyekti geografik qobiqdir. Geografik qobiq haqidagi ta'limot XX asrning 30-yillarida yara-tilgan bo'lsada, ammo uning ayrim g'oyalari tabiiy geografiya fanining rivojlanishining butun tarixi-davomida shakJIana borgan. Ko'p davrlar davomida geografiya asosan Yer yuzasini tas-virlash bilan shug'ullanib keldi. Geografik o'lkalarni, mamla-katlarni tasvirlash bilan bir qatorda ilmiy geografiya ham rivoj-lana boshladi. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlashdan ularni ilmiy asoslashga o'tish A. Gumboldt asarlarida ko'rina boshladi. Shunday qilib, umumiy yer bilimining maqsadi tabiiy muhitni yaxshilash va unda sodir bo'ladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.99 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.99 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga