Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi

Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi 9-sing Geografiya darsligi asosida 10 § - mavzu Reja: 2 3 Tashqi va ichki migratsiyalar 1 Zamonaviy urbanizatsiya Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya Tashqi va ichki migratsiyalar bilan shaharlar soni va ularda mavjud aholi sonining ko'payishi, ya'ni urbanizatsiya jarayoni uzviy bog'liq. Urbanizatsiyalashgan hududlar Yer yuzining 1% dan sal ortiq qismini egallagani holda, bu yerda jahon aholisining 51,7% i istiqomat qiladi, yalpi ichki mahsulotning 80% i ishlab chiqariladi. Urbanizatsiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Jahonda XX asr boshida aholisining soni 100 mingdan ortiq 150 ta shahar mavjud bo'lib, ularga aholining atigi 5% i to'g'ri kelgan. Bunday shaharlarning miqdori 90-yillarning boshida 2,5 mingni tashkil etdi, 2012-yilda esa 4,0 mingdan ortib ketdi. Ularga tegishli tarzda jami aholining 13 va 25 qismi to'g'ri keldi. Katta shaharlar ichida aholisining soni 1 mln. dan ortiq bo'lgan yirik va juda yirik shaharlarni alohida ajratish qabul qilingan. XX asr boshida bunday shaharlar soni 10 ta bo'lsa, 80-yillarning boshida 200 dan, 2012-yilda esa 450 dan oshib ketdi. Mazkur shaharlar ichida «super shahar»lar (aholisining soni 5 mln. kishidan ortiq) miqdori 90-yillarda 30 tani, 2012-yilda esa 55 tani tashkil etdi. Hozirgi vaqtda ushbu shaharlarda salkam 0,6 mlrd. kishi yoki Yer shari aholisining salkam 10% I istiqomat qilmoqda. Shaharlar aglomeratsiyalarining o'zagi vazifasini, odatda, poytaxtlar, boshqa muhim sanoat markazlari va yirik dengiz portlari bajarmoqda. Juda yirik shaharlar aglomeratsiyalari Tokio, Boston- Vashington, Chikago-Pittsburg, Reyn daryosining o'rta oqimidagi shaharlar atrofida,London-Liverpul, San-Diyego, San-Fransisko, Mexiko, San-Paulo, Nyu-York va Kolkata (sobiq Kalkutta) shaharlari atrofida shakllangan. Urbanizatsiyalashgan rayonlar va zonalar, megalopolislar ichida Tokaydo, Bosvash, Sansan, Chpits megalopolislari alohida o'rin egallaydi. Urbanizatsiya darajasi bo'yicha jahondagi barcha mamlakatlarni uch yirik guruhga bo'lish mumkin: 1. 2. 3. Yuqori darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 50% dan yuqori); O'rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 25% dan 50% gacha); Past darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 25% dan kam). Yer sharida urbanizatsiya darajasi juda past (25% dan kam) bo'lgan mamlakatlar ham anchagina. Shunday mamlakatlar tarkibini Afg'oniston, Kambodja, Eritreya, Efiopiya, Keniya, Malavi, Nepal, Niger, Papua - Yangi Gvineya, Shri-Lanka, Svazilend, Uganda tashkil etadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya bilan bog'liq atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.72 MB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.72 MB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga