Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari

Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari 10-sing Geografiya darsligi asosida 18 § - mavzu Reja: 2 3 Urbanizatsiya 1 Urbanizatsiya turlari Ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya Ma'lumki, urbanizatsiya (lotincha urb - shahar) - bu shaharlar va shahar aholisining o'sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir. Shaharlar eng qadimgi davrlarda vujudga kelib, qishloqlar bilan birgalikda aholi manzilgohlarining ikkita asosiy turidan birini tashkil qiladi. Shaharlar tarixan ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida paydo bo'lgan va rivojlangan. Oxirgi 200 yil davomida dunyo aholisida shahar aholisining ulushi muntazam ravishda o'sib borgan. 1800-yilda insoniyatning taxminan 3 % i shahar joylarida istiqomat qilgan edi. 1900-yilga kelib bu raqam 14 % gacha ko'tarildi. Urbanizatsiya jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan o'tib rivojlanadi. 1. Shakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi 50 % dan past bo'lib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o'tib ketadi. 2. Rivojlangan urbanizatsiya bosqichi millioner shaharlarning yuqori sur'atlar bilan o'sishi hamda yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. 3. yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Shaharlar markazlari, asosan, tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqla shib boraveradi. Bunday ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya deb ataladi. Suburbanizatsiya Transport va aloqaning zamonaviy texnologiyalari rivojlangan sari urbanizatsiyaning bu bosqichida shahar iqtisodiyoti tarmoqlari va shahar turmush tarzi qishloq joylarda ham keng tarqalib boradi Shahar bilan qishloq joylar orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy farq va chegaralarning yo'qolib borish jarayoni rurbanizatsiya atamasi bilan yuritiladi. Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi yashaydigan Osiyo qit'asida urbanizatsiyaning umumiy darajasi birmuncha pastroq, 50 foiz atrofida bo'lib, o'sishi davom etmoqda. Afrikada esa urbanizatsiya ko'rsatkichi 40 foizdan sal ko'proq. Lekin har ikkala qit'ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jahon urbanizatsiyasining hozirgi bosqichida xalqaro savdo-iqtisodiy va bank-moliya munosabatlari rivojlanishi, transmilliy korporatsiyalar faoliyati doirasining kengayishi, zamonaviy transport va aloqa tarmoqlari vujudga kelgan Urbanizatsiya jarayonlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismi va ularning bevosita hosilasi bo'lib, qator muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.45 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.45 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga