Urbanizatsiya. Iqtisodiy geografiya

Urbanizatsiya. Iqtisodiy geografiya

O'quvchilarga / Geografiya
Urbanizatsiya. Iqtisodiy geografiya - rasmi

Material tavsifi

Urbanizatsiya (Iqtisodiy geografiya) Reja: Shaharlar geografiyasi Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng faol va yetakchi tarmog'i ekanligi. Urbanizatsiya va uni geografik o'rganish. Shaharlar va shahar aglomeratsiyalari. Shaharlarning funksiyalari. Megapolislarning vujudga kelishi. Geourbanistika yoxud shaharlar geografiyasi aholi va aholi manzilgohlari, umuman, iqtisodiy va sotsial geografiyaning eng rivojlangan yo'nalishidir. Shaharlar boshqa iqtisodiy geografik obyektlarga qaraganda o'zining yaxlit, darhol ko'zga tashlanib turishi bilan farqlanadi. Buning sababi - ularning ishlab chiqarishni, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni hududda, geografik kartada o'ziga xos tasvirlashidir. Ma'lumki, iqtisodiy kartalarda, asosan, uch hududiy shakl ko'rsatiladi: chiziqlar yo'llarga mos kelsa, areal yoki maydonlar qishloq xo'jalik sohalariga, nuqta va tugunlar (tugunchalar) esa sanoat markazlari, shaharlarni aks ettiradi. Binobarin, aytish mumkinki, iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy tadqiqot obyekti ana shu uchlik, hududiy yoki geografik geometriya hisoblanadi va ularni tahlil etish bu fanning tub masalasidir. Shaharlar geografiyasining iqtisodiy va sotsial geografiya fani doirasidagi bunday yutug'ining boisi nima? Avvalambor, ta'kidlash lozimki, shaharlar hududiy birlikdir, ikkinchidan, ular murakkab sotsial-iqtisodiy kategoriya; uchinchidan, shaharlarda atrof-muhit, mazkur hududning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati misli oynada aksni topganidek, yaxlit mujassamlashadi; to'rtinchidan, shaharlar har bir davlat, hudud, iqtisodiy va sotsial geografik tizimning tayanch nuqtalari, ―ustunlari‖ bo'lib xizmat qiladi. Shaharlar - bizning o'tmishimiz, hozirgi kundagi qudratimiz va istiqbolda rivojlanish quvvati va imkoniyatimizdir. Ular yerdagi chinakam porloq yulduzlardir. Shaharlar juda murakkab mavjudot bo'lib, serqirra vazifalarni bajaradi. Siyosiy jihatdan olsak, har bir davlat o'zining shaharlar to'ri va, ayniqsa, poytaxti (dorulsaltanati) bilan kuchlidir. Bejiz emaski, har qanday urush-yurishlar muvaffaqiyati va zafari dushmanning shahar va qal'alarini zabt etishda, bo'ysundirishda o'z isbotini topgan. Demak, qadimda shaharlar butun yurtga, mamlakatga, boylikka nisbat berilgan. Ularni turli mamlakat yoki ―iqlimlarda‖ turlicha atashgan: qubba, madinat, polis, bolig', bozor, taun, grad, pur, burg, vill va hoka'zolar. Bundan ko'rinib turibdiki, shaharlar davlatlarning siyosiy hayotida, ularning jahon hamjamiyatida, geosiyosiy tuzilmasida muhim rol o'ynaydi. Shaharlarning qudrati ularda mujassamlangan iqtisodiy salohiyat bilan belgilanadi. Shaharlar, eng avvalo, qishloq xo'jaligi bo'lmagan tarmoqlarning hududiy tashkil etish shakli sifatida iqtisodiy jihatdan samarali, serdaromad, harakatchan (dinamik) yo'nalishlarni o'zida mujassamlashtirgan. Shu bois, har qanday mamlakat milliy iqtisodiyotining tarkibi, rivojlanganlik darajasi va xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rni, undagi mavjud shaharlar tizimi, urbanizatsiya jarayoni bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda, shaharlarning ilmiy-texnikaviy, madaniy salohiyati ham salmoqlidir. Shaharlar bozor iqtisodiyotiga o'tishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Ularda mavjud bo'lgan bank-moliya tizimlarini bozor infrastrukturasi ma'nosida ta'riflash mumkin. Binobarin, mustaqil mamlakatimizning siyosiy hayoti va uning bozor munosabatlariga o'tish davrida shaharlarning ahamiyati beqiyosdir. Shaharlarda zamonaviy tarmoqlar, ilg'or texnologiya joriy etish imkoniyati katta; xorijiy sarmoyadorlar ham, asosan, shaharlar va, ayniqsa, infrastruktura tizimi mukammal shakllangan mar-kazlarni tanlashadi. Shaharlarda tovar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.16 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.16 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga