7-sinf geografiya darsligi asosida 65-mavzu: Ustyurt okrugi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega bo'lib, qishi quruq va sovuq, yozi issiq va quruq. Ustyurt O'zbekistonning qishi eng sovuq hududidir. Buning sababi u eng shimolda joylashgani bo'lib, tabiiy to'siqlarning yo'qligi tufayli Arktika va Sibir sovuq havo massalarining bemalol kirib kelishidir. Shu tufayli yanvarning o'rtacha harorati -10 -11°C, ba'zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida harorat -38°C gacha pasayadi. Yozi qisqa va uncha jazirama issiq emas, iyulning o'rtacha harorati +26 +27°C, ba'zan eng yuqori harorat +44°C ga yetadi. Okrug ancha shimolda joylashganligi tufayli, oktabrning boshlaridan sovuq tusha boshlaydi, binobarin, sovuq bo'lmaydigan kunlar O'zbekiston bo'yicha eng qisqa bo'lib, 153 kunni tashkil etadi. Bunga yana bir sabab, Ustyurtning shimol tomoni ochiq bo'lganligi tufayli sentabrning boshidan may oyigacha shimoli-sharqiy shamollarning esib turishidir. Ustyurtda yog'in kam tushadi, uning o'rtacha yillik miqdori 100 -120 mm. Yog'inni, asosan, g'arbiy va shimolig'arbiy havo massalari olib keladi. Eng ko'p yog'in bahorga, eng kami qishga to'g'ri keladi. Qor juda kam yog'ib, izg'irinli shamollar uni uchirib ketishi natijasida yer yuzasi muzlaydi. Ustyurt tabiiy geografik okrugiga tushadigan yillik yog'in miqdorini 100 foiz desak, uning 17 foizi qishga, 34 foizi bahorga, 23 foizi yozga, 26 foizi kuzga to'g'ri keladi. Ustyurt O'zbekistonning eng shimoliy qismida joylashganligi tufayli, qishi quruq sovuq bo'ladi, chunki antisiklon ob-havosining uzoq vaqt turib qolishi sababli yog'in kam tushadi, aksincha, yozda O'zbekiston bo'yicha eng ko'p yog'in yog'adi. Bunga asosiy sabab haroratning nisbatan pastligi, g'arbiy havo massalari va Kaspiy dengiziga yaqinligidir. Ustyurt tabiiy geografik okrugida doimiy oqar suvlar yo'q. Bahorda berk botiqchalar va pastqam yerlar yomg'ir va erigan qor suvlari bilan to'lib, kichik (efemer) ko'lchalarni hosil qiladi. Yozda bu ko'lchalardagi suvlar bug'lanib ketib, sho'rxok-botqoq yerlarga aylanib qoladi. Yerosti suvlari mavjud bo'lib, ularning chuqurligi 20-50 m atrofida, lekin aksariyati sho'r, ichishga yaroqsiz. So'nggi paytlarda bu davr yotqiziqlari orasida ichishga yaroqli suvlar mavjudligi aniqlandi. Asosiy tuprog'i sur-qo'ng'ir bo'lib, chirindi miqdori oz (0,5-0,8 foiz), sho'rlashgan. Shuningdek, botiqlarda sho'rxoklar, sho'rxok-botqoq tuproqlar va qumli tuproqlar tarqalgan. Ustyurt o'simligi, asosan, shuvoq va sho'ralardan iborat. Bundan tashqari, iloq, qora saksovul, burgan, sarisazan, tetir o'sadi. Bahorda efemer va efemeroid o'simliklar o'sib, ular yozda qurib qoladi. Ustyurtda jayron, sayg'oq, bo'ri, tulki, yumronqoziq, qo'shoyoqlar, qushlardan to'rg'ay, xo'jasavdogar, quzg'un uchraydi. Ustyurtda Qizil kitobga kirgan katta shalpangquloq, qoplon (gepard), Ustyurt qo'yi kabi hayvonlar yashaydi. Yo'qolib ketayotgan sayg'oqlarni muhofaza qilish maqsadida Ustyurt platosida Sayg'oqli buyurtmaxonasi tashkil etilgan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.25 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.25 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:17 ]
Arxiv ichida: ppt