Mavzu: Ustyurt platosining tabiiy geografik va geoekologik sharoiti REJA: Kirish Asosiy qism Geografik joylashishi Geoekologik tuzilishi va relefi Iqlimi va ichki suvlari Tuproqlari o'simliklari va hayvonot dunyosi Tabiiy geografik rayonlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ustyurt okrugi 1. Okrug Kaspiy va Orol dengizlari orasida joylashgan Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismini o'z ichiga olib, O'zbekistonning shimoli-g'arbini egallaydi. Ustyurt okrugi janubda O'zboyorti okrugi bilan, janubi-sharqda va sharqda SHimoliy Qoraqum, Quyi Amudaryo okruglari va Orol dengizi bilan, g'arbida va shimolida Markaziy Qozog'iston provintsiyasining Ustyurt okrugi bilan chegaralanadi. Ustyurt platosining umumiy maydoni 160 ming km2, shundan 40 ming km2 O'zbekistonga to'g'ri keladi. Ustyurtning O'zbekiston hududidagi janubi-sharqiy qismi Qoraqalpoq Ustyurti deb ham yuritiladi. Ustyurt arid-denudatsion plato (yassi tekislik) bo'lib, mutlaq balandligi O'zbekiston qismida 300-200 metrni tashkil etadi. Ustyurtda bir qancha botiqlar (Asakaovdan, Borsa-kelmas va boshqalar) mavjud. Ular tagining mutlaq balandligi 30-100 metrdan oshmaydi. Ustyurtning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning deyarli hamma chekkasi jarlik yonbag'ir (chink) bilan tugallanadi. CHinklarning nisbiy balandligi 50-150 m, Orolbo'yida esa 190 m gachaboradi. Jarlikning kengligi bir necha yuz metrdan 1,5 km gacha boradi. CHinklar tektonik jarayonlar, dengizning obrazion faoliyati va qadimgi daryolar eroziyasi natijasida vujudga kelgan. Ularda uchlamchi davrning ohaktosh, mergel va gildan tarkib topgan gorizonatal yotqiziqlari ochilib qolgan. Yonbag'irlarda tik jarliklar hosil bo'lgan. CHinklar Ustyurtning tabiiy chegarasi hisoblanadi. Ustyurtning tabiiy xaritasi Ustyurt paleozoydan keyin tarkib topgan platformaning chekka bir qismi bo'lib, negizi paleozoy yotqiziqlaridan iborat, ustini qalin (3-4,5 km) mezozoy va kaynazoy cho'kindi jinslari qoplab yotadi. Ular asosan neogenning (Sarmat dengizi) ohaktosh, gips, mergel va paleogen gillaridan tarkib topgan. Bu jinslar orasida tuz qatlamlari ham uchraydi. Yotqiziqlarning usti 1-1,5 m qalinlikdagi shag'al, qum va boshqa nuroq jinslar bilan qoplangan. Sarmat ohaktoshlarining qalinligi 42-168 m ni tashkil etadi, ular paleogen hamda bo'r yotqiziqlari ustida yotadi. Platoning asl negizi kimmeriy burmalanishida paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi. Ustyurtda geografik parallellar bo'ylab yo'nalgan bir necha tektonik strukturalar mavjud. Platoning shimoliy qismida SHimoliy Ustyurt bukilmasi, undan janubda Kassarma ko'tarilmasi, yana janubroqda Borsa-kelmas botig'i joylashgan. Borsa-kelmasning janubida Orol-Kaspiy (Qarobovur) ko'tarilmasi, uning janubida esa Asakaovdan botig'i joylashgan. Ustyurtning relьefi uning tektonik xususiyatlariga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lib, balandliklar antiklinalь burmalarga, botiqlar esa bukilgan cho'kmalarga to'g'ri keladi. Ustyurtda deyarli kenglik bo'yicha joylashgan uchta botiq va ikkita balandlik mavjud. Okrugning shimolida o'rta qismi sho'rhoklardan iborat kichik botiqlar bo'lib, ularning mutlaq balandligi 100 m dan oshmaydi. Bu botiqlardan janubda Kassarma balandligi joylashgan. Kassarma balandligining janubida tubi sho'rhoklardan iborat Borsa-kelmas botig'i joylashgan. Bu botiq tubining mutlaq balandligi 71 m bo'lib, atrofiga balandlashib, 150 m ga ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.38 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.38 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:17 ]
Arxiv ichida: pptx