Ustyurt tabiiy geografik okrugi

Ustyurt tabiiy geografik okrugi

O'quvchilarga / Geografiya
Ustyurt tabiiy geografik okrugi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 64-mavzu: Ustyurt arid-denudatsion plato hisoblanib, mutlaq balandligi 100 -200 m bo'lib, atrofi chinklar bilan o'ralgan. Chinklarning balandligi Orol dengizi qirg'oqlarida 190 m ga yetadi. Ustyurt Turon plitasida joylashib, negizi paleozoy yotqiziqlaridan iborat bo'lib, ustini qalin - 3 - 4,5 km mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari (ohaktosh, mergel, gil va boshqalar) qoplab olgan. Ustyurt platosi kimmeriy burmalanishida vujudga kelib, so'ngra pasayib, dengiz suvi bosgan. Neogenning oxiri, to'rtlamchi davr boshlarida quruqlikka aylangan. Ustyurt okrugi geomorfologik tuzilishi jihatidan kenglik bo'ylab yo'nalgan bir necha bukilma va ko'tarilmalardan iborat. Platoning shimoliy qismida Shimoliy Ustyurt bukilmasi, uning janubida Kassarma ko'tarilmasi, undan janubda Borsakelmas bukilmasi, uning janubida Markaziy Ustyurt (Qorabovur) ko'tarilmasi, nihoyat, platoning eng janubida Asaka-Ovdon bukilmasi joylashgan. Bu geologik strukturalarning negizi qattiq jinslardan, usti esa cho'kindi jins (gil, mergel, tuz, ohaktosh, giðs va boshqa)lardan iborat. Ustyurt tabiiy geografik okrugining relyef (yer yuzasi) shakllari uning geologik strukturalariga, ya'ni balandliklar ko'tarilmalarga, botiqlar esa bukilgan yerlarga to'g'ri keladi. Ustyurt shimolidagi bukilmada (mutlaq balandligi 100 m) sho'rxoklar, kichik-kichik botiqchalar joylashgan. Kassarma ko'tarilmasi (antiklinali)da hudud balandlashib, shu nom bilan ataluvchi va mutlaq balandligi 219 m ga yetuvchi balandlik o'rnashgan. Kassarma balandligining janubidagi bukilmada Borsakelmas botig'i joylashib, mutlaq balandligi 100 m, eng past joyida 63 m ga tushib qolgan. Uning markazi botqoqlashgan sho'rxoklardan iborat. Borsakelmas botig'i janub tomon balandlashib, Qorabovur balandligiga aylanadi va mutlaq balandligi 292 m ga yetadi. Qorabovur balandligining janubidagi bukilmada Asaka-Ovdon botig'i dengiz sathidan 29 m balandda joylashgan. Uning janubi-g'arbiy qismida Sariqamish ko'li joylashgan. Ustyurtda neft va gaz, har xil tuzlar va qurilish material konlari mavjud (44- rasm). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 16.55 MB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 16.55 MB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga