Vengriya va Bolgariya Respublikasi Reja: Vengriya Respublikasi (1989 yil oxiridan) Bolgariya Respublikasi 3. Rossiya federasiyasi Vengriya - Markaziy Yevropaning janubi- sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 93 ming km2 . Uning territoriyasida Yevropaning turli davlatlarini bir biri bilan bog'lovchi muhim tranzit yo'llar kesishadi. Dunay suv yo'li Vengriya Respublikasini Yevropaning 8 ta mamlakati bilan bog'laydi va Qora dengizga chiqish imkoniyatini beradi. Vengriya Respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar: Germaniya, Fransiya, Italiyaga yaqinligi va ular bilan temir va avtoyo'llar orqali bog'langanligi iqtisodiy jihatdan qulaylik bo'lsa, dengiz bilan tutashmaganligi noqulaylikdir. Aholisi - 10,6 mln (1987y), 10,1mln (2003y,2006y)kishi. Tug'ilish koeffisienti 10% , o'lim 13‰ . 1 ayolga 1,3 bola to'g'ri keladi. 15 yoshgacha bo'lganlar salmog'i 16%, 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 15%. O'rtacha umr 68-76 yosh. YAMD 11990$ (2001) .Aholisining 96% ini vengrlar, qolganini serblar, xoravatlar, nemislar, slovaklar, ruminlar tashkil etadi. Aholining tabiiy o'sishi juda pasayib ketgan. Germaniya, Italiya, Daniya kabi demografik tanglik kuzatilmoqda. Bu holat mehnat resurslariga ta'sir qiladi. Vengriya Respublikasida urbanizasiya jarayonining asosiy xususiyati unda Budapesht shahri rolining juda katta ekanligidir. Faqat poytaxtdagina milliondan ortiq (1,8 mln - 1996y) aholi yashaydi. Boshqa katta shaharlarda 250 minggacha aholi yashaydi. Boshqa katta shaharlar: Debresin, Mishpols, Seged va Pech. II-jahon urushiga qadar mamlakatni Xorti Diktaturasi boshqargan. 1945 yil aprelda Vengriyada xalq demokratik tuzimi o'rnatildi. 1949-yildan Vengriya Xalq Respublikasi deb, 1989-yildan Vengriya Respublikasi deb e'lon qilindi. Vengriya Xalq Respublikasi - Varshava shartnomasining qatnashchisi va O'IYOK ning a'zosi bo'lgan. Vengriya 19ta oblastdan iborat. Davlat majlisi - Vengriya Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organidir. Asosiy siyosiy partiyalar: Vengriya kommunistik partiyasi 1918 yil tashkil topdi va 1948-yil Vengriya sosialistik ishchi partiyasiga aylangan. Davlat boshlig'i prezident.XGMT da Vengriyani o'rni avvalo mashinasozlik va ximiya sanoati bilan belgilanadi. Mashinasozlik ko'p miqdorda malakali mehnat resurslarini talab qiluvchi murakkab buyumlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Vengriyada ishlab chiqarishning joylashuvidagi asosiy xususiyat barcha sanoatning urushga qadar ½ qismini, hozirgshi vaqtda 13 qismini Budapeshtda to'plangshanligidir. Budapeshtda hozirda 0,5 mln dan ortiq aholi sanoatda bant. Vengriya tabiiy resurslarga kambag'al. Ko'mir, ayniqsa toshko'mir, neft, tabiiy gaz juda oz miqdorda qazib olinadi. Temir rudasi deyarli yo'q. Gidroenergiya resurslari ham kam. Faqat boksit zapasi katta. Vengriya Respublikasi neftni Do'stlik - 2 orqali MDH dan, tabiiy gazni Soyuz gaz quvuri orqali MDH dan va Ruminiyadan, toshko'mirni MDH, Chexiya va Polshadan, temir rudasini MDH dan (temir yo'l va Dunay orqali), elektr energiyasini Mir MDH dan oladi.1990 yillari sosialistik tuzimning emirilishi va sobiq SSR ning parchalanishi oqibatida Vengriya Respublikasi sanoati bir qator qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Vengriya Respublikasining yirik boksit - ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.71 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.71 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:17 ]
Arxiv ichida: doc