Vetnam Reja : Davlat tuzumi Aholisi Tarixi Siyosiy partiyalari Sanoati O'zbekiston - Vyetnam munosabatlari Davlat tuzumi Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam), BCP - Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolidagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Aholisi 90 549 390 kishi (2011). Ma'muriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga bo'ysunuvchi 4 shahar - Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega bo'linadi. Poytaxti - Xanoy sahari. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yil 19-dekabrda qabul qilingan (keyinchalik o'zgartish va tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshlig'i Millat majlisi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident (1997-yildan Chan Dik Liong). Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi hokimiyat - Millat majlisi. Bayroq Gerb Tabiati Mamlakat hududining 80 % dan ortig'i tog'lar va yassi tog'lardan iborat. Shimolda chuqur daryo vodiylariga bo'lingan Yunnan tog'ligi, markaziy va janubiy qismlarida Annam tog'lari tizimining ayrim massivlari (Kontum, Darlak, Mnong va b.) joylashgan. Vyetnamning eng baland nuqtasi ham shu yerda - 3280 m. Dengiz sohili pasttekisliklardan iborat, ularning eng kattalari shimolda Xongxa va janubda Mekong daryolari etaklarida. Iqlimi Qishda quruq, yozda seryomg'ir musson subekvatorial. O'rtacha harorati shimolda iyulda 27°, 29°, yanvarda 14°, 17° dan janubda 24°,26° gacha. Yillik yog'in miqdori 1500-300 mm. Iyun va avgust oylarida tayfunlar bo'lib turadi. Aholisi Aholisining 80 % vyetnamlar. Tailar, kxmerlar, meo yoki myaolar, man yoki yaolar, xmonglar, xitoylar va b. ham yashaydi. Rasmiy tili - Vyetnam tili. Aholining 20,1 % shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning - 55 % buddaviylar, 7 % katoliklar. Islom diniga e'tiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Xanoy, Xoshimin, Danang, Xayfon, Namdin. Tarixi Mil. av 1-ming yillikning o'rtalarida hozorgi Shimoliy Vyetnam hududida vetnamlarning ajdodlari yashagan. Mil. av. 3-a.da Qizil daryo deltasida ularning ilk quldorlik davlati - Aulak tashkil topgan. Shu davr qad. Vetnam xalqi - lakvetlar madaniyatining paydo bo'lishi davri hisoblanadi. Mil. av. 207 y.da Aulak vetlar davlati - Namvet b-n qo'shilib ketdi. Mil. av. 2-1-a.larda Namvetga Xitoyning Xan sulolasi hukmron edi. Bu davlat 7-asrgacha Zyaoti, keyin Annam deb nomlanib keldi. Lakvetlar xitoy feodallarining xitoylashtirish siyosati va zulmiga qarshi uzoq vaqt kurashdi va, nihoyat, 939-yilda mustaqillikka erishdi. 968-yilda mamlakat Daykovet (Buyuk Qad. Vet) nomini oldi. Keyinchalik bu davlat Jan-Sharqiy Osiyodagi yirik feodal davlatga aylandi. Li sulolasi davri (1069-1225) da mamlakat Dayvet deb atala boshladi. Poytaxt Tang-Long (hoz. Xanoy)ga ko'chirildi 16-asrdan boshlab Hindixitoyga Yevropasavdogarlari kela boshladi. Sekin-asta Portugaliya (1535), Gollandiya (1631), Fransiya (1672) savdo-tijorat idoralari paydo bo'ldi. Ular savdogarlar bilann missionerlarga tayanib, yarim orolni mustamlaka qilishga kirishdi. 18-asrda o'rtalarida butun mamlakatda ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: ppt