Visla daryosining o'rta oqimi manzarasi

Visla daryosining o'rta oqimi manzarasi

O'quvchilarga / Geografiya
Visla daryosining o'rta oqimi manzarasi - rasmi

Material tavsifi

Visla daryosining o'rta oqimi manzarasi O'rta dengiz bo'yi tipidagi daryolar suv rejimining nots-kisligi bilan ajralib turadi. Qishda yomg'irlar yoqqan vaqtda bu daryolar to'lib oqadi va o'zi bilan ko'p miqdorda oqiziqlar olib keladi. Yozda yog'inlar deyarli butunlay to'xtagan vaqtda daryolar sayozlashib qoladi. Daryolarning yozgi va qishki suv sarfi bir-biridan bir necha baravar farq qilishi mumkin (masalan: Ebro daryosi). Italiya, Gretsiya va Kichik Osiening janubidagi kichikroq daryolar yozda butunlay qurib qoladi. Osiyoning sharqiy va janubiy chekkasidagi katta va kichik daryolar yaqqol ifodalangan musson rsjimiga ega: oqim maksimumi yozga to'g'ri kelib, qishda suv sathi juda pasayib ketadi. Suv sathi tebranishlari bazan o'nlab metrga etadi. Baland tog'lardan boshlanuvchi ko'pgina daryolarda yozgi maksimum yozning birinchi yarmida qor va muzlarning erishi natijasida ham kuchayadi. Bunday daryolar tez-tez qirg'oqdan toshib ketadi va aholiga son-sanoqsiz ofat keltiradi. Suv toshqinlari va daryolarning pasttekisliklarda tentirashini oldini olish uchun ularning o'zanlari bo'ylab dambalar quriladi; biroq bu dambalar daryo toshqinlaridan hamma vaqt ham mustahkam himoya qilavermaydi. Xorijiy Osiyonnig o'rtacha kengliklarining qishi sovuq bo'ladigan va uzoq davom etadigan musson iqlimi sharoitidagi shimoli-sharqiy qismida daryolar qishda uzoq vaqt muzlab yotadi. Bahorda orlar erishi munosabati bilan qisqa vaqt daryo to'lib oqadi; yozda esa daryolarning to'lib oqishi (to'lin suv davri) musson yomg'irlari bilan bog'liq. Bunday oqim rejimi tipi Amur va uning irmoqlari, Shimoli-sharqiy va Sharqiy Xitoy daryolari, Koreya yarim orolining shimolidagi daryolar (Lyaoxe, Yalutszyan, Veyxe va boshqalar) uchun xarakterlidir. Shimoliy Xitoyning eng katta daryosi Xuanxe-murakkab rejimga ega bo'lib, u quyida ko'rib chiqiladi. Janubi-sharqiy Osiyo daryolari ham oqim maksimumi yozga to'g'ri keluvchi tipik musson rejimnga ega. Biroq, ular qishda juda sayozlashib ketmaydi, chunki Yantszi havzasidan janubda va Yapon orollarida qishda siklon yog'inlari yog'adi. Yil bo'yi suvi to'lib oqadigan Sitszyan daryosini bunga misol qilib olish mumkin. Janubi-sharqiy Osiyo daryolari uchun kuzgi suv to'lish davri ham xarakterlidir; butayfunlarning o'tishi bilan bog'liq bo'lib, ko'pincha fojiali ofatlar keltiradi. Hindixitoy va Hindiston yarim orollari daryolari sernam fasl bilan quruq fasl o'rtasidagi keskin tafovut hamda yilning quruq faslidagi kuchli bug'lanish sababli ekvatorial mussonlar esadigan davrda to'libtoshib oqadi va bazan qurg'oqchil davrda deyarli qurib qoladi. Musson rejimi ayniqsa Hindiston daryolari (masalan, Godavari) uchun xarakterlidir. Hindixitoy daryolari-Saluin, Iravadi va boshqalar baland tog'lardan boshlanadi va ularda garchi yozgi maksimum aniq aks etsada, har holda nisbatan bir me'yordati oqimga ega. Tipik ekvatorial iqlimli Indoneziya orollari daryo tarmoqlarining zichligi va oqimining yil davomida bir me'yorda ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu orollarning sersuv va sho'x daryolari katta suv zapasi energiyasiga ega. Xorijiy Osiyoning qurg'oqchil ichki oblastlaridagi daryolar ham oqim rejimi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.23 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.23 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga