X.Makkender, Mexen va Spaykmenlarning geosiyosiy qarashlari R E J A: 1. Geosiyosiy g'oyalarning rivojlanishining muhim o'rni 2.X.Makkenderninggeosiyosiy qarashlari.Tarixining jug'rofiy o'qi 3. N.Spaykmen va Mexenlarning g'oyalari Ushbu fan rivojiga ingil maktabi vakillarining qo'gan hissasi alohida o'rin tutadi. Ayniqsa geoeiyosiy nazariyada chuqur tadqiqot olib borgan va ilmiy izlanishlari natijalari davlatlarning tashqi siyosat amaliyotida keng qo'llangan olimlardan biri- X.Makkinderning asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xelford Dj. Makkinder (1861-1947) geografiyadan oliy ma'lumot olgach, London Iqtisod maktabi (oliy o'quv yurti) direktori etib tayinlangunga qadar 1887 yildan boshlab Oksford universitetida dars bergan. 1910-1922 yillarda parlamentning umumiy palatasi a'zosi, 1919-1920 yillarda esa Britaniyaning Janubiy Rusiyadagi muxtor vakili vazifasida faoliyat olib borgan.X.Makkinder g'oyalari xalqaro munosabatlarning yo'nalishiga jiddiy ta'sir etishga qodir bo'lgan va shu tufayli Angliya siyosatida oliy martabaga erishgan siyosiy arbobdir. Shu bilan birga, u dunyo siyosiy tarixini tadqiq va talqin etishda dadil va o'ziga xos inqilobiy yo'nalish yaratgan mashxur shaxs hisoblanadi. Geosiyosatga xos bo'lgan ilmiy jumboqni X.Makkinderning ilmiy asarlarida yaqqol kuzatish mumkin. Uning Tarixning jug'rofiy o'qi, Demokratik ideallar va voqelik singari mashxur asarlarida eng muhim geoeiyosiy g'oyalar bayon etilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, X.Makkinder nafaqat siyosat olamida, balki ilmiy doiralarda ham yuqori mavqega ega bo'lishiga qaramay, uning g'oyalari ilmiy hamjamiyat tomonidan qabul qilinmagan. 1904 yilda Jug'rofiy jurnalda nashr etilgan Tarixning jug'rofiy o'qi maqolasi X.Makkinderning dastlabki va eng yorqin chiqishi bo'lgan edi. X.Makkinder bu maqolada keyingi barcha asarlarida rivojlantirilgan jug'rofiya va tarixga oid qarashlarini bayon etgan. Mazkur maqolaning ilmiy qiymati shundaki, unda nafaqat siyosiy geografiya taraqqiyotining ilgarigi barcha yo'nalishlarida qo'lga kiritilgan ilmiy natijalar umumlashtirilishi bilan bir qatorda, mazkur fanning asosiy qonuni ham ishlab chiqilgan. X.Makkinder fikricha, eng qulay jug'rofiy makon bu o'rtaliqdagi holat bo'lib, biror bir mintaqaning markazda joylashish davlat uchun har jihatdan foydalidir. Markazda joylashganlik holati nisbiy tushuncha bo'lib, vaziyatga ko'ra o'zgarib turishi mumkin. Ammo sayyoraviy nuqtai nazardan dunyoning markazida Yevrosiyo mintaqasi, uning markazida esa dunyoning yuragi, ya'ni heartland joylashgan. U butun dunyoni nazorat qilish uchun eng qulay jug'rofiy platsdarmdir. Heartland dunyo orolining (World Island) chegarasi ichida o'rin egallagan umummiqyosdagi asosiy hudud hisoblanadi. X.Makkinder dunyo orolini 3 mintaqa - Osiyo, Afrika va Evropadan iborat deb bilgan. Shunday qilib, X.Makkinder markazda to'planuvchi doiralar tizimini qo'llagan holda, umumsayyoraviy miqyosida hududlar ketma-ketligini belgilab, uning markazida tarixning jug'rofiy o'qi yoki o'q maydon joylashganini asoslashga intildi. Ushbu geoeiyosiy tushunchaga ko'ra, yerning geoeiyosiy o'qi jug'rofiy nuqtai nazardan Rossiya hududini anglatadi. Ana shu o'qni tashkil etgan voqelik heartland, ya'ni Yerning yuragi deb ataladi. Undan keyin esa ichki yoki tashqi yarimoy joylashgan. Bu belbog' Yevrosiyo mintaqasiining ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.29 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.29 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: doc