xalq xo'jaligining iqtisodiy potentsiali iqtisodiy va ijtimoiy prognozlashning bazasi Reja: 1. iqtisodiy potentsial tushunchasi va uning tarkibi 2. Ilmiy-texnikaviy va sanoat - ishlab chiqarish potentsiali 3. Agrosanoat majmuasi potentsiali 4. Ijtimoiy rivojlanish potentsiali «Potentsial» atamasi lotincha so'z bo'lib «kuch» manosini bildiradi. hozirgi vaziyatda u biron maqsadga erishish uchun qo'llaniladigan manbalar, kulayliklar, vaziyatlar, zaxiralar manosini ifodalaydi. Bu yerda davlatning maqsadlari orqali xalqning yuqori moddiy va madaniy turmush darajasiga erishish masalalari kuzda tutilgan. iqtisodiy potentsial deganda xalq xo'jaligidagi sanoat tarmogining jami ishlab chiqarish imkoniyati, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, kapital qurilishlarini amalga oshirish, yuk tashish, aholiga xizmat ko'rsatish va boshqalar tushuniladi. iqtisodiy potentsialni belgilovchi asosiy omillar bo'lib mavjud mehnat resurslari, sanoatning, qishloq xo'jaligining, qurilishning ishlab chiqarish kuchi, mamlakat transport tizimining rivoji, ijtimoiy infratuzilma, ilmiy-teznikaviy taraqqiyot yutuklari hisoblanadi. iqtisodiy bilimlarda iqtisodiy potentsialni baholash uchun quyidagi ko'rsatkichlar kullaniladi: mehnat resurslari xajmi, asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, yalpi ijtimoiy fondlar, yalpi ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, ishlab chiqarish kuchlari xajmi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi xajmi, qishloq mahsulotlari xajmi, ijtimoiy mahsulot, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining mutlak o'sishi, energetika, suv xajmi yana bir kator ko'rsatkichlar. Mamlakatning iqtisodiy potentsiali o'zaro bog'liq potentsiallar bilan xarakterlanadi: ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi va boshqalar, bulardan xar biri xalq xo'jaligida sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish mahsulotlari ishlab chikariladigan sohalar yig'indisi bilan belgilanadi. iqtisodiy potentsial iqtisodiy tarmoqlarning mutlak ishlab chiqarish kobilyatiga va ulardan foydalanish darajasiga bog'liq. Rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va kapital boyligi ko'p bo'lgan katta davlatlar yuqori darajali iqtisodiy potentsialga ega. 2. Ilmiy-texnikaviy va sanoat - ishlab chiqarish potentsiali Ilmiy-texnikaviy potentsial deganda fan va fan sohalariga xizmat kiladigan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar yig'indisi, umumiy, tabiiy ,texnikaviy fanlarda tuplangan bilimlar hamda mamlakat ega bo'lgan va ilmiy- texnikaviy yutuklarni amaliyotiga joriy qilish va foydalanish mumkin bo'lgan ishlab chiqarish tajribasi tushuniladi. Ilmiy-texnikaviy potentsialda faoliyat sohasini belgilaydigan axborotlarni to'plash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog'liq, xalq xo'jaligining faoliyat ko'rsatishiga zarur bo'lgan axborot potentsiali muhim rol uynaydi. Ilmiy-texnikaviy potentsialning asosiy kismi jamiyat ega bo'lgan ilmiy - texnikaviy bilimlar yig'indisi sanaladi,chunki ularga asoslangan holda xalq xujalig strukturasida muhim, sifatli siljishlarga, iqtisodiyotning rivojlanish suratlarini tezlashtirishga erishish mumkin. Ilmiy-texnikaviy potentsialni xarakterlantiruvchi kuchlar sifatida kuydagilarni sanab utish mumkin: ilmiy kidiruv , ilmiy- texnikaviy va ishlab chiqarish karorlari. Bular bilimni yaratadilar va chuqurlashtiradilar, ishlab chiqarish tajribasini sistemasi xolga keltiradilar va rivojlantiradilar,yangi turdagi mehnat vositalari, mehnat predmetlari va istemol predmetlari kuriniida ishlab chiqarish sohasiga zamonaviy ilmiy- texnikaviy inkilob yutularini moddiylashtiradilar hamda mavjud bilim va tajribalarni kullaydilar. Sanoat ishlab chiqarish potentsiali moddiy ishlab chiqarish ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.79 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.79 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: doc