Xalqaro iqtisodiy aloqalar va integratsiya jarayoni Reja: 1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti 2. Jahon xo'jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari 3. Ochiq iqtisodiyotning mohiyati 4. Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish 5. Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari 6. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari Jahon xо'jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining о'ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlatlar guruhlari, iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar о'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xо'jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog'liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bо'lmoqda. Shunisi xarakterliki ushbu barcha о'zaro hamkorlik, yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xо'jaliklarni mustahkamlashga intilishi oqibat natijada jahon xо'jaligining yanada kо'proq baynalminalashuviga, milliy iqtisodiyotlarning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi nimani о'rganadi, uning predmeti nima? Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan iborat xalqaro iqtisodiy munosabatlarning о'zi va uni amalga oshirish mexanizmi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о'z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, kо'pmillatli korporatsiyalar) jahon xо'jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо'lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular о'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning о'ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni emas, balki eng kо'p qaytariladigan, tipik, xarakterli, aniqlovchi munosabatlarni о'rganadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi о'z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yо'naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi: Xalqaro mehnat taqsimoti. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariya va amaliyotini о'rganish paytida biz jahon xо'jaligi degan tushunchaga duch kelamiz. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning obyektiv asosi bо'lgan jahon xо'jaligi XIM nazariya va amaliyoti tadqiqotining maxsus о'rganish obyekti emas. Ammo u, XIM muammolarini kо'rib chiqishda muhim komponent hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xо'jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud edi. Masalan-Yevropa davlatlari о'rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa-Shimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va h.k.) о'rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega edi. Jahon xо'jaligining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bо'ldi. Alohida davlatlar iqtisodiyotiga yoki jahon xо'jaligiga asoslangan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kо'proq ularga qaramdir. Ammo xalqaro iqtisodiy munosabatlar amalga oshish jarayonida о'z ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.7 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.7 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: doc