xalqaro migratsiya jarayonlari va muammolari 10-sing Geografiya darsligi asosida 19 § - mavzu Reja: 2 3 xalqaro migratsiya jarayonlari 1 Muddatiga ko'ra migratsiyalar Hozirgi zamondagi xalqaro aholi migratsiyalari Jahon mamlakatlarida aholi tarkibi va joylashuviga migratsiyalar katta ta'sir ko'rsatadi. Migratsiya (lotincha migratio - ko'chish) - aholining bir hududdan boshqa hududga doimiy yoki vaqtincha muddatga ko'chishi. Migratsiyalar bir necha mezonlarga ko'ra tasniflanishi mumkin. Hududiy miqyosi jihatidan tashqi va ichki migratsiyalar ajratiladi. Ba'zida tashqi migratsiyalar materik ichidagi va materiklararo migratsiyalarga bo'linadi. Ichki migratsiya bir davlat ichidagi boshqa hududga ko'chish hisoblanadi. U, o'z navbatida, rayon ichidagi va rayonlararo migratsiyalarga bo'linadi. Muddatiga ko'ra migratsiyalar doimiy va vaqtincha turlarga bo'linadi. Mavsumiy migratsiyalar ko'proq qishloq xo'jalik ishlari bilan bog'liq bo'lsa, vaxtali migratsiyalar, asosan, tabiiy sharoiti noqulay hududlardagi foydali qazilma konlarida yoki qurilish obyektlarida mehnat qilish bilan bog'liq. Aholi migratsiyasiga iqtisodiy, oilaviy, etnik, diniy, siyosiy, ekologik (tabiiy) kabi omillar sabab bo'ladi. Migratsiyalar, asosan, iqtisodiy sabablar, ya'ni muayyan yashash sharoiti va ish o'rinlarini qidirish bilan bog'liq. Oilaviy migratsiyalar turli joylarda yashayotgan oila a'zolarining o'zaro birlashuvi borasida amalga oshadi. Etnik va diniy migratsiyalar deganda, ma'lum millat yoki din vakillarining boshqa davlat yoki hududga ko'chishi tushuniladi. Bundan tashqari, aholi migratsiyalari ixtiyoriy va majburiy, tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan kabi turlarga ham bo'linadi. Hozirgi vaqtda eng katta migratsiya to'lqini rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga tomon yo'nalgan (8-rasm). Bunda eng ko'p xorijiy migrantlarni AQSH qabul qiladi. Hozirgi zamondagi xalqaro aholi migratsiyalariga qator xususiyatlar va muammoli jihatlar xos. Eng ahamiyatlisi shundaki, migratsiya jarayonlari bugungi kunga kelib chindan ham globallashdi, deyarli barcha mintaqa va mamlakatlarni o'z doirasi bilan qamrab oldi. xalqaro migratsiya oqimlari immigratsiya markaziga aylangan davlatlar aholisining tarkibi va harakatiga, jamiyatdagi etnik va konfessional (diniy) xilma-xillikka, millatlararo va dinlararo munosabatlarga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda. Zamonaviy migratsiyaning yana bir muhim jihati shundan iboratki, xalqaro migrantlarning sifat tarkibi (masalan, ta'lim darajasi nuqtayi nazaridan) o'zgarib bormoqda, davlatlararo migratsiya oqimlarida yuqori malakali mutaxassislarning ishtiroki faollashmoqda. Bu vaziyat immigratsiya markazlari bo'lmish rivojlangan davlatlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etsa, emigratsiya o'choqlari - rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar uchun esa buning aksi, ya'ni salbiy holat hisoblanadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.04 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.04 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: pptx