Xalqaro turizm va O'zbekistonda turizmni rivojlantirishning ba'zi masalalari

Xalqaro turizm va O'zbekistonda turizmni rivojlantirishning ba'zi masalalari

O'quvchilarga / Geografiya
Xalqaro turizm va O'zbekistonda turizmni rivojlantirishning ba'zi masalalari - rasmi

Material tavsifi

xalqaro turizm va O'zbekistonda turizmni rivojlantirishning bazi masalalari So'ngi yillarda turizm jahon iqtisodiyotidagi tez rivojlanib kelayotgan tarmoqlardan biridir. Bu soha neft qazib chiqarish va avtomobilsozlikdan so'ng yirik uchlikka kiradigan katta daromad keltiruvchi tarmoq hisoblanadi. Bugungi kunda turizm va unga bevosita hamda bilvosita xizmat ko'rsatuvchi sohalarda jahon mehnat resurslarining qariyb 60% qismi faoliyat olib bormoqda. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT)ning ma'lumotlariga ko'ra, 2010 yilga borib jahon bo'yicha sayyohlarning soni 1 018 mln kishiga etishi bashorat qilinmoqda. Shuningdek, 2020 yilda xalqaro turizmi orqali olinayotgan daromad 2 trln AQSH dollariga etishi mumkin. Bundan tashqari, qilinayotgan bashoratlar tahlili shuni ko'rsatadiki, 2020-2025 yillarga borib Xitoy eng ko'p tashrif buyuruvchilar mamlakatiga aylanadi, Gonkong va Rossiyada ham bir muncha o'sish suratlari kutilmoqda. Jumladan, bashorat qilinayotgan yillarda Rossiyaga kirib keluvchilar soni mamlakatdan chiqib ketuvchi turistlarga nisbatan 1.3 barobar ortadi. Yevropamamlakatlari ichida Chehiya yaqin kelajakda yuqori ko'rsatkichlarga erishishi nazarda tutilmoqda. Birgina shu davrda Xitoy va Gonkong ulushiga butun jahondagi jami turistlar oqimining 12.3 % qismi to'g'ri keladi. Ayni paytdagi turistlar oqimi alohida mintaqalar bo'yicha o'rganiladigan bo'lsa, xalqaro turistik yo'nalishlarning o'rtacha 65 foizi Yevropahissasiga, 20 foizi Amerikaga, 6.2 foizi Osiyo mamlakatlariga va qolgan 8.8 foizi qismi esa boshqa mintaqalar zimmasiga to'g'ri keladi. Bashorat natijalariga ko'ra, Rossiga kelayotgan turistlar sonining keskin ortishi, bizningcha, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham manfaatli bo'lishi mumkin. Ammo, buning uchun albatta MDH mamlakatlari yoki Shanhay xalqaro hamkorlik tashkiloti, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlari, boshqa sohalarda bo'lgani kabi, o'zaro hududlarni turistik nuqtai nazaridan integratsiyalashgan, erkin sayyohlik makoniga aylantirish talab etiladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, sobiq Ittifoq xalq xo'jaligi singari berk (anklav) usulda turizmni rivojlantirib bo'lmaydi. Bu borada Yevropatajribasini qo'llash joiz. Shu bois mazkur davlatlar xalqaro turistlarni ayriboshlash, ularni import va eksport qilish masalalarini ko'rib chiqishi lozim. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi sayyohlarni turistik (mehmon bo'lib turgan) davrini ko'paytirish hamda sayyohlik hududiga valyuta tushish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Respublikamizga yaqin qo'shni bo'lgan Qirg'izistonning ham turistik salohiyati ancha yuqori bo'lib, o'zida rekreatsiya, tog' turizmi, sport va ekstrim turizm yoki ekoturizmni rivojlantirish mumkin. Huddi shunday, Qozog'iston ham sayyohlik tez rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi. Ayniqsa, Qozog'istonning Baykanur kosmodromida yaqin 25-30 yil ichida turizmni yangi turi, bugungi kunda eng ko'p sarf - xarajat talab qilayotgan, ammo sarguzashtga boy, qiziqarli kosmik turizmni rivojlanishi ham ehtimoldan holi emas. Sayyohlikning bu turi bilan jahonning eng boy tabaqalari, sanoqli kishilargina shug'ullanmoqda. Vaholanki, dastlabki rasmiy turistik sayohatlarda X1X asrni oxirlarida aholining faqatgina elita qatlami, yuqori tabaqa vakillari ishtirok etgan edi. O'zbekistonni turistik salohiyatini asosan Aleksandr Makedonskiy, Chingizhon, Amir Temur va so'ngi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → rtf
Fayl hajmi 21.69 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:18 Arxiv ichida: rtf
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → rtf
Fayl hajmi 21.69 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: rtf
Tepaga