Xaritalarni matematik asosi Reja: 1. Kartografik proyeksiyalar haqida tushuncha. Kartografik proyeksiyalarni xatoliklari xususiyati bo'yicha klassifikatsiyasi (tasnifi). 2. Teng burchakli, teng yuzli (maydonlari bir xil) va ixtiyoriy (teng oraliqli proyeksiyalar va ularni xususiyatlari. 3. Yerdamchi geometrik yuzadan foydalanish usuli bo'yicha proyeksiyalarni asnifi. Slindrik, , konusli va azimutal proyeksiyalar, ularni xususiyatlari. 4.Proyeksiyalarni tanlash to'g'risida. Dunyo, yarim sharlar, materiklar va ularni alohida yirik qismlari uchun ko'proq ishlatiladigan proyeksiyalar. Topografik xaritalarni proyeksiyalari. 5. Koordinata to'rlari. Masshtablar. Ko'p varaqli xaritalarni razgrafkasi va nomenklaturasi. Komponovka Kartografik proyeksiyalar haqida tushuncha. Kartografik proyeksiyalarni xatoliklari xususiyati bo'yicha tasniflash. Xaritani matematik asosi-xaritani matematik elementlari majmuidan tarkib topib, ular tasvirlanayotgan yuza va xarita o'rtasidagi matematik aloqani belgilaydilar. Proyeksiya, masshtab, geodezik asos, shunigdek komponovka va razgrafka snstemasi xaritaning matematik asos elementlari bo'lib hisoblanadi. Yuqoridagi elementlar Yer yuzasini tekislikda (qog'ozda) tasvirlashda karkas (qobirg'a) vazifasini bajaradilar. Boshqacha aytsak xaritani matematik asos elementlari - Yer yuzasini tekislikda ma'lum matematik qonun va qoida asosida to'g'ri va aniq tasvirlash imkonini beradi. Masshtab kartografik modelni (ya'ni xaritani) fazoviy chegaralarini aniqlaydi. Xaritada o'lchash mumkin bo'lgan aniqlik, xarita mazmunini mukammalliligi, binobarin kartografik tasvirni aniqligi bevosita uning masshtabiga borliq bo'ladi. Xarita masshtabini yirik yoki maydaligi uni maqsadiga qarab belgilanadi. Ellipsoid yoki shar yuzasini tekislikda matematik to'g'ri aks ettirishga k a r t o g r a f i k p ro ye k s i ya deyiladi; Xarita tuzishda dastlab meridian va parallel chiziqlari chiziladi va ular bir-biri bilan kesishib kartografik tur hosil qiladi. So'ngra bu to'rga planli asos (tayanch) punktlari tushiriladi. Shundan keyin u boshqa geografik obyektlar bilan to'ldiriladi. Har bir alohida olingan xaritaning kartografik turi shu xaritaning oldiga qo'ygan maqsadi va vazifasidan kelib chiqan holda ma'lum bir proyeksiyada chiziladi. Kartografik tur chizilganda tasvirlanishi kerak bo'lgan hudud dastlab tuzilayotgan xarita masshtabidagi globus yuzasiga (sirtiga) tushirilgan deb faraz qilinadi. G L O B U S- Yer sharining kichraytirilgan modeli bo'lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (quryqliklar, okeanlar, ularning bo'laklari) nisbatini eng to'g'ri va ko'rgazmali qilib tasvirlaydi. Chunonchi, globus dunyo okeani va materiklar qiyofasi hamda ularning bir-biriga nisbatan qanday joylashganligi to'g'risida aniq tasavvur beradi. Globusda kartografik tasvirning xatoliklari bo'lmaydi. shuning uchun undagi obyektlarni bir-biriga taqqoslash mumkin. Globus yuzasining hamma qismida masshtab bir xil, ya'ni o'zgarmas bo'ladi. Xarita ham globusni o'zi yoki uning bir qismidir. Ularni farqi shundaki xaritada Yer yuzasi tekis qog'ozda :gasvirlanadi. Biroq sferik (egri) yuzani tekislikka tushirganda bu yuzaning xaritadagi maydonida, shaklida, burchaklarida va uzunliklarida har xil xatoliklar ruy beradi. Har qanday holatda Yer yuzasini tekislikda tasvirlaganda ikkita ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.75 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.75 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: doc