Xitoy Xalq Respublikasi tabiiy-demografik salohiyati 9-sing Geografiya darsligi asosida 44 § - mavzu Reja: 2 3 Xitoy Xalq Respublikasi 1 Xitoy tabiiy resurslari Xitoy aholisi Jahonning eng qadimiy va yirik davlatlaridan hisoblanadigan hozirgi Xitoy 1949-yil 1-oktabrda Xalq Respublikasi sifatida tashkil topgan. Uning hududi 9,6 mln. km2 ga teng. Maydonining kattaligiga ko'ra jahonda uchinchi o'rinni egallaydi. Xitoy xilma-xil tabiiy resurslarga juda boy. U toshko'mir, temir va marganes rudalari, boksit va polimetallar, surma, volfram, molibden, qalayi kabi mineral xomashyolar bilan jahonda eng yaxshi ta'minlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Temir va marganes rudalari Molibden Boksit Daryolar gidroenergetika resurslariga nihoyatda boy, bunday quvvatlar hajmiga ko'ra u dunyoda birinchi o'rinda turadi. Mamlakatning shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy hududlari esa o'rmonlarga boy. Jami hududining 8 % i o'rmonlardan iborat. Xitoyda dunyodagi eng baland, sovuq va qurg'oqchil tog'liklar bilan iliq va mo'tadil iqlimli nam subtropik va tropic tabiatli hududlar yonma-yon joylashgan. Xitoy aholisining soniga (1350,0 mln. kishi) ko'ra jahonda eng yirik mamlakat. Hozirgi vaqtda Xitoyda jahon aholisining 20 % ga yaqini yashamoqda. Xitoyda aholi ko'payishini kamaytirishga olib keladigan o'ziga xos demografik siyosat amalga oshirilmoqda. Mamlakat aholisining umumiy soni 1955 -2013-yillar orasida 615 mln. Dan 1350,0 mln. gacha, ya'ni 2,2 baravardan ortiqqa ko'paydi. Aholisining milliy-etnik tarkibiga ko'ra Xitoyni bir vaqtning o'zida ham ko'p millatli, ham bir millatli mamlakatlar qatoriga kiritish mumkin. Xitoyda 60 dan ortiq turli millat va elatlar yashaydilar. Xitoy jahonning o'rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlari qatoriga kiradi. Aholining 47,8 % i shaharlarda yashamoqda. Bu 739,4 mln. kishini tashkil etadi. Shanxay (14,4 mln. kishi), Pekin (12,7 mln.), Guanchjou (11,8 mln.), Shenchjen (11,7), Dunguan (7,6), Tyanszin (7,2 mln.) dunyoning eng yirik shaharlari qatoriga kiradi. Shanxay Pekin Xitoy aholisining katta qismi qishloqlarda yashaydi. Unda 700 mingga yaqin qishloqlar hisobga olingan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.38 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.38 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: pptx