Xitoy Xalq Respublikasi xo'jaligi, transporti, ichki tafovutlari 9-sing Geografiya darsligi asosida 45§ - mavzu Reja: Sanoat geografiyasi Xitoyda metallurgiya majmuyi Kimyo, neft-kimyo va qurilish materiallari sanoati Avtomobil transporti Xitoy yillik ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmiga ko'ra jahonda uchinchi o'rinda turadi. Sanoati hozirgi tarmoqlarning deyarli barcha turlariga ega. Hozirgi industriyasining asosini neft va neft kimyosi, atom energetikasi, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, metallurgiya kabi eng ilg'or sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Sanoatning tayanch tarmog'i - yoqilg'i-energetika sanoatidir. Yiliga 1,4 mlrd. t dan ortiq ko'mir qazib chiqarilmoqda. Uning asosiy konlari shimolisharqiy va sharqiy Xitoyda joylashgan. Xitoy ishlab chiqaradigan elektroenergiya miqdoriga ko'ra jahonda AQSH va Yaponiyadan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. Tarmoqda turli yoqilg'ilar asosida ishlaydigan IES lar salmog'i eng yuqoridir. Xitoyda metallurgiya majmo'yining deyarli barcha tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyati bor. Qora metallurgiya sanoati tarmoqlar orasida yetakchilik qiladi. Umuman, Xitoy hozirgi vaqtda 400 mln. t dan ortiq po'lat ishlab chiqarmoqda. Bu ko'rsatkichga ko'ra u jahonda birinchi o'rinni egallaydi. Rangli metallurgiyaning asosini aluminiy, mis, qo'rg'oshin, rux kabi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Xitoy rangli metallurgiyasining mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalar Xitoyning sharqiy va shimoli-sharqiy rayonlarida joylashgan. Mashinasozlik sanoati Xitoyda, ayniqsa, tez rivojlanmoqda. Xitoyda televizorlar, maishiy xizmat texnikasidan tortib avtomobillar, kompyuterlar, turli o'lchov va elektrotexnika mahsulotlarigacha ishlab chiqarilmoqda. Yengil va oziq-ovqat sanoati Xitoyda hamisha yetakchi sanoat tarmoqlaridan bo'lib kelgan. Ayniqsa, to'qimachilik sanoati bu borada katta ko'rsatkichlarga ega. Qishloq xo'jaligi. Xitoy qishloq xo'jaligining asosiy qismi dehqonchilikdir. Unda esa donchilik tarmog'ining salmog'i eng katta. Jami ekin maydonlarining 80 % i turli donli ekinlar bilan band. Jahon bo'yicha hisoblaganda cho'chqalarning 40 % i, turli ish hayvonlari (ot, ho'kiz, tuya va boshqalar) ning 20 % i, qo'y va echkilarning 16 % i Xitoyga to'g'ri keladi. Transporti. Hozirgi vaqtda 60 ming km ga cho'zilgan mamlakat temiryo'llarida yil davomida tashilayotgan turli xo'jalik yuklari va yo'lovchilarning teng yarmi ana shu tarmoq hissasiga to'g'ri kelmoqda. Avtomobil transporti - Xitoyning ikkinchi transport tarmog'i relyef sharoiti juda og'ir bo'lgan baland tog' yoki cho'l rayonlarigacha kirib borganligida ko'zga tashlanadi. Mamlakatning dengiz qirg'og'i bo'yi rayonlarini bog'lashda va tashqi iqtisodiy aloqalarini olib borishda dengiz transporti asosiy o'rin tutadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.9 MB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.9 MB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: pptx