Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Reja: 1.Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklarining ma'muriy hududiy tuzilishi, axolisi. 2.Xonliklar davrida xo'jalik. 3.Ichki va tashqi savdo. 4.Geografik bilimlar. O'rta Osiyoni o'rganish. 1747 yili Эron shohi Nodirshohning o'ldirilishi Эronda ichki kurashni boshlab berdi. Bu esa Buxoro mangitlariga ham qo'l kelib Muhammad Rahimbiy feodallarining qo'llab quvvatlashi bilan 1753 yili o'zini amir deb e'lon qildi. Shu bilan Buxoroda 1920 yilgacha xukumronlik qilgan o'zbeklar sulolasi xukumronligi boshlandi. Buxoro erlari geografik jihatdan shimoldan janubga: Sirdaryoning chap sohilida to Amudaryoning (o'rta kismi) o'ng sohiligacha bo'lgan erlar kirib sharkdan qo'qon xonligi, g'arbdan Xiva xonligi bilan chegaradosh bo'lgan. Bundan tashqari Amudaryoning chap sohilida Xiva va Buxoro o'rtasidagi Jizzax, O'ratepa xududlaridagi Buxoro va qo'qon o'rtasidagi baholi erlar mavjud edi. Buxoroning umumiy er maydoni XIX asr o'rtalarida 200 ming kvadrat km ni tashqil etgan. Davlatni oliy hukumdor - amir idora etgan bo'lib mutloq manarhiya edi. Mamlakat quyidagi bekliklarga bo'lib boshqarilgan: Chorjo'y, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, Xatarchi, Xatob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog', Guzor, Boysezi, qorategin, Denov, Xisor, Darvoza, Boljuvon, Shugnoy, Rushon, Kulob, qo'rg'ontepa, Kabadiyon, Sherabod, Kalif, Karki, Karokli, Xorazm, Buxoro davlat poytaxti bo'lib uni kushbegi idora qilgan. Xorazmda qo'ng'irotlar xokimiyati XVII asrning 60 - yillaridanoq qo'lga kiritilgan bo'lsalarda 1804 yil Abdulg'ozining taxtdan tushirib Эltuzarning (1804-1806y) taxtga chiqishi rasman boshqaruvni boshlab berdi. Geografik jihatdan Xiva xonligi Xorazm voxasini qamrab olgan bo'lib shimolda Orol, janubda ko'chmanchi turkmanlar, sharqda esa Buxoro erlari bilan chegaradosh bo'lgan. Davlat mutloq monarxiya bo'lib boshqaruv xon qo'lida edi. Ma'muriy - xududiy jihatdan Xiva xonligi beklik viloyat va noiblikka bo'lingan. Xozarasp, Gurlash, Xonka, Ko'xna Urganch, qo'shko'prik, Pitnak, Xazovot, Kiyot, Shoboz, Shovot, Toshxovuz, Ambarmanok, Urganch, Xo'jayli, Shumanay, qo'ng'irot, kabi beklik va viloyatlar yana Beshariq, Kiyotqo'ngiroq kabi noibliklar mavjud bo'lgan. Xuddi Buxorodagidek poytaxt shaxar Xiva bosh vazir tomonidan boshqarilgan. 1709 yili Popda avval Chodak xojalarining so'ng min qabilasining taxtga chiqishi bilan qo'qon Buxoro xonligidan mustaqil idora qilina boshlandi. qo'qonda xam boshqaruv mutloq xokimiyat xon qo'lida bo'lgan. Ma'muriy-xududiy jixatdan esa beklarga bo'lib boshqarilgan. qo'qon, Margilon, O'sh, Andijon, Shaxrixon, Baliqchi, Novkent, Buloqboshi, Aravon, Koson, Suxz Maxram, Bobodarxon, Xo'jand, O'ratepa, Namangan, Turkiston va Toshkent. Nomlanishidan ko'rinib turibdiki, qo'qon erlari xozirgi Toshkent, Jizzax, Farg'ona, Andijon, Namangan, qirg'izistonning O'sh va Sheralobod, Tojikistonning Xo'jand (eski leninobod) viloyatlarini o'z ichiga olgan bo'lib yana Tojikistonning qorategin, Darboz, Roshan, Shugkon, Vakon, erlariga rahbarlik qilgan. qirg'izistonning Tolos, Issiqko'l atrofidagi erlarni xam bosib olgan. Xuddi erlaridek xonliklar axolisi xam rang-barang bo'lgan. Buxoro amirligining umumiy axolisi 2 million kishi bo'lib ular asosan, qashqadaryo voxasida (500 ming), Zarafshon vodiysida (300-350 ming), Sirdaryo ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.8 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.8 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: doc