Xorazm turistik mintaqasi Reja: Xorazm turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari Mintaqaning turistik resurslari salohiyati Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari Xorazm turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni Xorazm viloyati O'zbekiston Respublikasining shimoliy g'arbida joylashgan. Yer maydoni 6, 1 ming km2 ni tashkil etadi va O'zbekiston hududining 1,4 foizini egallaydi. Aholining 32,8 foizi shaharda, 67,2 foizi qishloqda yashaydi. Hududi shimoliy-g'arbdan janubiy-sharqqa 280 km, Urganch shahri joylashgan kenglikda g'arbdan sharqqa 80 km atrofida cho'zilgan. Viloyatning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani Olchin qishlog'i yaqinidagi Nuronbobo to'qayiga to'g'ri keladi. Janubiy chekka nuqtasi esa Tupraqqal'adan bir muncha janubda joylashgan. Xorazm viloyati yer tuzilishi jihatidan ikki qismga bo'linadi. Dengiz satxidan 100-110 m baland bo'lgan katta shimoliy qismga va dengiz satxidan 120-150 metrgacha baland bo'lgan chekka janubiy qismga bo'lish mumkin. Xorazm viloyatining ma'muriy hududiy birliklariga Urganch shahar va Bog'ot tumani, Gurlan tumani, Ko'shko'pir tumani, Urganch tumani, Xazorasp tumani, Xonqa tumani, Xiva tumani, Shovot tumani, Yangiariq tumani, Yangibozor tumani kiradi. Bular o'z navbatida 101 qishloq fuqorolar yig'ini, 612 aholi punktlari, 3 ta shahar va 7 ta shahar tipidagi shaharchalarga bo'linadi. Viloyatda 27 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib shundan 13 tasi yengil sanoat korxonasiga qarashlidir. Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko'ra sanoatni qayta jihozlash, kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlashini rivojlantirish, xizmat ko'rsatish sohasini hamda sayyoxlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilgan. hozirgi vaqtda viloyatda 39 ta zamonaviy mexmonxonalar faoliyat olib bormokda. Avtomobil yo'llarining uzunligi 2296 kilometrni, shundan qattiq qoplamli yo'llar 2218 kmni tashkil qiladi. Viloyatda xalqaro klassdagi ayeroport bo'lib, hozirda turli yo'nalishlar bo'yicha havo yo'llari bilan bog'langan. Xorazm viloyati orqali Toshkent- Moskva, Dushanba-Moskva temir yo'l o'tgan, Urganch - Toshkent yo'nalishida poyezdlar qatnaydi. Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp temir yo'l ko'prigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, 2004), Hazorasp - Miskin - Toshkent temir yo'l masofasi qisqardi. Xiva- Urganch yo'nalishida trolleybus qatnovi (1997 y.dan) yo'lga qo'yilgan. Urganch shahar xalqaro va mahalliy yo'nalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Myunxen, TelAviv, Moskva, Simferopol va b.) shuningdek, Toshkent, Nukus va boshqa shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi o'rnatilgan. Xorazmning boy ko'p qirrali tarixi qadim zamonlardan buyon xorijiy va yurtdosh olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib keladi. Viloyat hududida ko'plab tarixiy yodgorliklar mavjud. Ayniqsa, Xiva shahridagi me'moriy obidalar bugun dunyo ahlining e'tiborini tortib kelmoqda. Xorazm viloyati mustaqil o'zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ko'z qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalash ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.31 MB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.31 MB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: docx