Xorazm viloyati

Xorazm viloyati

O'quvchilarga / Geografiya
Xorazm viloyati - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 57-mavzu: Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik qismini egallaydi (128-rasm). Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo'lib, daryo yotqiziqlaridan iborat. Viloyatning xo'jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi. Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tash qari, shifobahsh sho'r ko'llar, binokorlikda ishlatiladigan xom-ashyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud. Aholisi. Viloyat aholisi soni jihatidan mamlakat viloyatlari orasida oxirgi o'rinlarda turadi. Xorazmliklar yozda havoning qurib, isib ketishini hisobga olib, uylarni qalin paxsa devordan keng va baland (4-5 m) qilib quradi. Qalin paxsa devor uy ichidagi harorat va namlikning bir me'yorda saqlanishini ta'minlaydi. Yerosti suvi yer yuzasiga yaqinligidan yer to'lalar, turli maqsadga mo'ljallangan o'ralar bo'lmaydi. Xo'jaligi. Viloyat iqtisodiyoti, asosan, agrosanoat majmuyidan iborat. Xiva, Sho vot, Yangiariq tuman larida paxtaning salmog'i, ayniqsa, katta. Gurlan tumanida esa sholipoyalar kat­ta maydonni egallaydi. Obikor yerlarda paxta bilan birga don, beda, makkajo'xori, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan paxtachilikning qo'shib olib borilishi suvdan va ishchi kuchlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi. Vi­loyatning barcha tumanlarida poliz ekinlari ekiladi. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, polizchilik, sholichilik, go'sh-sut chorvachiligi, pillachilik. Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat, un-yorma. Asrlar bo'yi davom etib kelayotgan xalq seleksiyasi tufayli Xorazmda ertapishar hamda kechpishar qovunlarning ajoyib navlari vujudga kelgan. Qadimda ularni maxsus idishlarga solinib, tuyalarda, hatto Bag'dod va Hindistonga (o'sha vaqtda uch oylik yo'l) jo'natilgan. Xiva, Yangiariq, Gurlan, Hazorasp tumanlarida bog'lar birmuncha ko'p. Kelgusida bog' va tokzorlar maydonini kengaytirish ko'zda tutiladi. Qishloq xo'jaligining ikkinchi muhim tarmog'i chorvachilikdir. Yozgi yaylovlar va suv tanqisligidan chorvachilikda cho'lga moslashgan qorako'l qo'ylarning salmog'i katta. Bu qo'ylar, asosan, terisi va juni, shuningdek, go'shti uchun boqiladi. Viloyatda yaylovlar kamligidan ayrim xo'jaliklar o'z qo'ylarini Qoraqalpog'iston yaylovlarida boqadi. Sanoati. Viloyatda yengil va oziq-ovqat sanoatining yuzdan ortiq korxonalari mavjud (129-rasm). Sanoat paxta, pilla, meva, sabzavot hamda chorva mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Shuningdek, tikuvchilik, poyabzal, gilamdo'zlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati korxona-lari bor. Bu korxonalar shahar hamda tuman markazlarida joylashgan. Turizm. Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, turistlar oqimini yanada ko'paytirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, Urganch shahridagi Shovot kanali bo'yida «Shovot» kichik turizm zonasini hamda Xiva shahrida «G'ovuk ko'l» kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda za-monaviy mehmonxona komplekslari, madaniy-sog'lomlashtirish, savdo-ko'ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa obyektlarni qurish rejalashtirilmoqda. Shaharlari. Urganch viloyatning ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Shaharda oziq-ovqat sanoati ahamiyatiga ko'ra yengil sanoatdan keyingi o'rinda turadi. Shahar elektr energiyani Taxiatosh IES va Tuyamo'yin GESdan oladi. Shaharning shimoliy qismida, asosan, turar joy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 16.9 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 16.9 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga