Xorazmning Qadimgi va O'rta asr shaharlari urbanizatsiyasi Reja: Mil.av. IX - VI asrlarda Qadimgi Xorazm. «Katta Xorazm» masalasi Mil. av. VI-II asrlarda Xorazm. Mil.av. IX - VI asrlarda Qadimgi Xorazm. Qadimgi Xorazm - Turon va Eron mintaqalari oralig'ida joylashgan tarixiy o'lka va qadimiy davlat sanaladi. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murg'ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho'zilgan. Shu boisdan bu qadimiy tarixiy o'lka fanda 2 xil: Qadimgi Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan mashhur. Xorazm atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad.forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu o'lka Xvorazm talaffo'zida tilga olinadi. Xorazm atamasi (toponimi) semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni S.Tolstov atama talqinlari orasida eroncha Xurr-Xurshed va zm-zem so'zlari asosida yo'zaga kelgan nomning Quyoshli o'lka, Quyoshli yer deb atalishi haqiqatga yaqin etnonim hisoblaydi. So'g'dshunos olim M.Bogolyubovning fikricha, Xorazm ayrim-ayrim 3ta so'zlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu-yaxshi, ma'qul, var-devor, g'ov, qal'a, qo'ra degan ma'nolarni bildirgan. Zm esa yer, o'lka, diyor kabi ma'nolarni anglatgan. Demak, Xorazm atamasi yaxshi qo'rali yer, ajoyib qal'ali o'lka, mustahkam qal'ali diyor ma'nosini beradi. Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Eng mo'tabar qadimgi qo'lyozmamizAvesto bundan XX asr muqaddam ikki daryo oralig'ida - Xorazm zaminida yaratilgan edi. Bu nodir kitob ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosdir . Avesto ayni zamonda bu qadim o'lkada buyuk davlat, buyuk ma'naviyat,buyuk madaniyat bo'lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hyech kim inkor etolmaydi.Xvarizam (Avesto tilida), Xvarazmish (qadimgi fors tilida), Xarasmiya (qadimgi yunon tilida) tushunchalari hozirda O'zbekistondagi bir viloyatning nomida saqlangan.Qadimgi Xorazm tarixi va yodgorliklari S.P.Tolstov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiyaning tadqiqotlari natijasida keng yoritilgan. Xorazmning sug'orish inshootlari va sug'orilishi tarixini o'rganishda arxeolog Ya.G' . G'ulomov katta hissa qo'shgan . Xorazm tuprog'ida turli xil qishloq va shahar xarobalari qazib ochilgan. Hozir ham Xorazm tarixini o'rganish va uning arxeologik yodgorliklarini qidirib topish, qazib ochish, tadqiq qilish ishlariga katta e'tibor berilmoqda. Hozirgi kunda insoniyat sivilizatsiyasining muayan bir darajasiga erishildi. Erishilgan bu yutuqqa Mesopatamiya, Gretsiya, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyo katta hissa qo'shgan. Yevropava Amerika olimlari ham xususan tabiiy va ilmiy fanlar bo'yicha o'z ulushlarini qo'shmoqdalar. Biz Xorazm jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi haqida fikr yuritganimizda Xorazm vohasi, uning rivojlangan dehqonchiligi, Xiva, Urganch, Hazorasp, Qiyot singari shaharlari ,ulardagi ko'plab o'quv yurtlari, ilmiy va madaniy markazlar, madrasalar, xalq amaliy san'ati ko'z oldimizda namoyon bo'ladi. Ular orasida Xiva alohida ajralib turadi. Chunki aynan shu shaharlar dunyoga Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, ...

Joylangan
14 May 2024 | 12:04:53
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.21 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 12:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.21 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:19 ]
Arxiv ichida: doc