Xorijda geografiya ta'limi

Xorijda geografiya ta'limi

O'quvchilarga / Geografiya
Xorijda geografiya ta'limi - rasmi

Material tavsifi

Xorijda geografiya ta'limi Reja: Jahon mamlakatlarida geografiya ta'limi yo'nalishlari AQSH va Fransiya maktablaridagi geografiya ta'limi Angliya va Osiyo mamlakatlarida geografiya ta'limi Keyingi o'n yilliklarda xalqaro miqyosda pedagogikadan katta yutuqlarga erishdi. Aholining savodxonlik darajasi oshdi. Geografiya o'qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog'onaga ko'tarildi. Hozirgi kunda geografiya ta'limi aholining ko'pgina mamlakatlarida 3 ta yo'nalishda olib borilmoqda. 1. Barcha o'quvchilar uchun yagona o'quv rejasi va dasturi asosida (Sharqiy Yevropava MDH o'rnida vujudga kelgan) davlatlardir. 2. Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzida o'rganish (AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko'pchilik mamlakatlarida). 3. Barcha o'quvchilar uchun o'rganish majburiy bo'lgan fanlar qatorida qo'shimcha fakultativ mashg'ulotlar (Filippin, Fransiya, Yaponiya va ko'pchilik mamlakatlarda) o'tkazish. Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta'limi asosan tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi barcha mamlakatlarda yagona o'quv rejasi asosida o'tkaziladi. Ikkinchi guruh-mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo'lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga qo'shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o'rganishni hoxlovchilar maxsus fakultativ mashg'ulotlar orqaligini o'z bilimlarini oshirishlari mumkin. Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta'limi bo'yicha yagona davlat rejasi yo'q, har bir o'qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai-nazaridan kelib chiqib, o'quv dasturlarini tuzishi mumkin. Masalan: AQSH da 1700 dan ortiq maktab okruglari mavjud bo'lib, ularning barchasida o'ziga xos bo'lgan geografik ta'lim mavjud va bir-biriga o'xshamaydigan dasturlar bo'yicha ish yuritiladi. Uchinchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o'rganiladigan fanlar qatoriga kirmaydi va uni fakultativlar orqali o'rganish asosiy o'rinni egallaydi. Umuman olganda, Yevropava Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o'quvchilar uchun majburiy bo'lgan fanlar qatoriga xilma-xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng tarqalgan. Jahon tajribasida 3 bosqichli ta'lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya'ni Boshlang'ich maktab (I-IY-sinf). O'rta bosqich (Y-IX-sinf). Yuqori bosqich (X-XII-sinf). Ko'pchilik davlatlarda har bir bosqichdagi ta'limda o'qish yili o'zgarib turadi. Boshlang'ich maktabda 6-9 yoshda, o'rta bosqichda 10-14 yosh, yuqori sinf 15-17 yoshni tashkil etadi. Har bir bosqichda geografiya ta'limi o'ziga xos maqsadga ega. Masalan, birinchi bosqich maktabda geografiya ta'limining asosiy maqsadi (mikromaqsad) ya'ni atrof-muhitni o'rganish, moddiy va ma'naviy boyliklarga nisbatan mehr-muhabbat ruhiga tarbiyalashdan iborat. Ikkinchi bosqichda (mezomaqsad) o'z mamlakatining xo'jalik hayotini o'rganish zarur kasblar haqida ma'lumotlar olish, ta'limiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi maktablarda (makromaqsad) insoniyatning global muammolarini va jahon xo'jaligini o'rganishdan iborat. Jahon tajribasida geografiya o'qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni o'quvchilarga o'rganish bo'yicha ikki fikr-yo'nalish tarafdorlari bor. Birinchi yo'nalish tarafdorlarining fikri o'quv rejalarida geografiyani mustaqil fan sifatida muntazam o'qitishni amalga oshirish bo'lsa, ikkinchi yo'nalish tarafdorlari geografiyani boshqa o'quv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.52 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.52 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga