Xorijiy Osiyoda ba'zi o'simliklarning tarqalishi

Xorijiy Osiyoda ba'zi o'simliklarning tarqalishi

O'quvchilarga / Geografiya
Xorijiy Osiyoda ba'zi o'simliklarning tarqalishi - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy Osiyoda bazi o'simliklarning tarqalishi O'rmonlardan ochilgan joylarda xilma-xil mahalliy yoki boshqa tropik o'lkalardan keltirilgan o'simliklar ekiladi, Filippin va Zond orollarining qirg'oq bo'yi rayonlarida kokos palmasi (Cocos nucifera) plantatsiyalari tarqalgan. Indoneziyada katta territoriyalar kauchukli o'simlik geveyya (Hevea brasiliensis) plantatsiyalariga tarqalgan, ko'p orollarda dorivor o'simliklar etishtiriladi. Suv bosadigan allyuvial pasttekisliklarda sholi ekiladi, tog' yonbag'irlaridagi terrasalarda choyzorlar bor. Tropik o'rmonlarda shuningdek, ko'plab qimmatbaho mevali daraxtlar, qovun daraxt (Carica papaya) non daraxti (Artocarpus turlari), mango (Mangifera indica), mangustan (Garcinia mangosfana) o'sadi; ular endilikda madaniylashtirilgan. Nihoyatda boy va xilma-xil floraga ega bo'lgan Yevrosie ko'plab madaniy va foydali yovvoyi o'simliklarning vatanidir. Bu o'simliklar-javdar, bug'doy, tariq, grechka, sholi, ko'pgina dukkakli ekinlar (jumladan, soya), ildizmevalilar, choy butasi, shakarqamish, dorivor o'simliklar, (shuningdek, tsitrus o'simliklari) nihoyatda ko'pxushmanzara o'simliklardan iborat. HAYVONOT DUNYoSI Yevrosiyoning katta, shimoliy qismi Golarktika zoogeografik oblastiga; kichik jayaubiy qismi esahind-malayya va Efiopiya (Habashiston) oblastlariga kiradi. Bular o'rtasidagi chegara shunday o'tkaziladiki, Hindiston va Hindixitoy yarim orollari (materikning ularga tutash qismlari bilan birga), Tayvan, Filippin va Zond orollari Hind-malayya oblastiga kiradi. Arabiston yarim orolining janubiy qismi Afrikaning katta qismi bilan birga Efiopiya oblastiga kiritiladi. Malayya arxipelagining bazi janubi-sharqiy orollarini ko'pchilik zoogeograflar Avstraliya zoogeografik oblastiga kiritadilar. Bu bo'linish Yevrosiyo faunasining mezozoy oxiri va butun kaynozoy mobaynida tabiiy sharoitning o'zgarishi jarayonida rivojlanishi hamda materiklar bilan aloqa xususiyatlarini aks ettiradi. Hozirgi tabiiy sharoitni ta'riflashda qirilib ketgan va hozirgi vaqtda yer qatlamlariga ko'milgan holda uchraydigan qadimgi fauna, tarixiy davr mobaynida inson faoliyati tufayli tugab ketgan fauna va nihoyat, hozirgi fauna ahamiyatga molikdir. Mezozoy oxirida butun Yevrosiyo turlituman fauna vujudga kelgan rayondan iborat bo'lgan; bu fauna tuxumdan ko'payadigan va xaltali sutemizuvchilar, ilon, toshbaqa va boshqa hayvonlardan tarkib topgan. Platsentar (yani yuqori) sutemizuvchilar, ayniqsa yirtqichlar, tuban sutemizuvchilar janubga, Afrika va Avstraliyaga chekingan. Ular o'rnida kaynozoy erasida Yevrosiyoning katta qismini egallagan xartumli hayvonlar, tuya, ot, karkidonlar tarqalgan. Kaynozoy erasi oxirida iqlimning sovib ketishi bu hayvonlarning ko'pi qirilib ketishiga yoki janubga chekinishiga sabab bo'lgan. Yevrosiyoning shimolida xartumli hayvonlar, karkidonlar va boshqalarning yerga ko'milib ketgan qoldiqlarigina malum, Janubiy, Janubi-sharqiy Osiyoda esa ular hozirgi fauna sostavida ham bor. Tuya va yovvoyi otlar Yevrosiyoning ichki arid (qurg'oqchil) oblastlarida yaqin vaqtlargacha keng tarqalgan. Iqlimning sovishi Yevrosiyoda og'ir iqlim sharoitiga moslashgan hayvonlarning tarqalishiga olib kelgan. Mamont, tur va boshqalar mana shunday hayvonlardir. Tarkib topish markazi Bering dengizi oblastida joylashgan va shimoliy Amerika bilan umumiy bo'lgan bu shimoliy fauna issiqsevar faunani tobora janubga surib chiqargan. Bu faunaning ko'p vakillari qirilib ketgan, bazilari esa hozirgi tundra va tayga o'rmonlari faunasi sostavida saqlanib qolgan. Materik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.99 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.99 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga