Xorijiy Yevropada ba'zi o'simliklarning tarqalishi haqida ma'lumot

Xorijiy Yevropada ba'zi o'simliklarning tarqalishi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Xorijiy Yevropada ba'zi o'simliklarning tarqalishi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy Yevropada bazi o'simliklarning tarqalishi Shu sababli O'rta dengiz bo'yida tuproq va o'simliklar qoplamisiz unumsiz yerlar juda ko'p. Shu bulan birga sohildagi pasttekisliklardagi va terrasalar hosil qilingan tog' yonbag'irlaridagi yaxshi ishlov berilgan erlarda zaytunzorlar bor; tokzorlar, bug'doy va makkajo'xori ekin dalalari yastanib yotibdi. Janubiy rayonlarda tsitrus-apelsin, limon va achchiq apelsin daraxtlari eng ko'p ekiladi; ularning deyarli yil bo'yi guli va pishgan mevasini ko'rish mumkin. Aholi punktlari atrofida mahalliy va tropik flora vakillari-palmalar, bugenvill, atirgul hamda boshqa xil manzarali o'simliklar hamma joyda barq urib o'sib yotadi. Yevrosiyo Atlantikabo'yi sektorining tuproq-o'simlik tiplarini o'rganishni yakunlar ekanmiz, shuni qayd qilish kerakki, materikning bu qismidagi tabiiy sharoit mo'tadil mintaqada ham, subtropik mintaqada ham asosan o'rmon tuproqlari bilan o'simliklarining keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi; bu isimliklar sostavida muzlikdan oldingi flora elementlari ko'plab ychraydi. Osiyoning asosiy qismini o'z ichiga oluvchi materik ichkarisidagi sektori, uning chekka sharqiy va janubi-sharqiy qismlarini istisno qilganda, florasi turlarinin sostavi hamda zonal tuproq-o'simlik tiplarining taqsimlanishiga ko'ra ancha farq qiladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, materik bu qismining tuproq-o'simlik qoplami, neogen-antropogen davrlaridagi iqlim va relefining kuchli o'zgarishlari ta'sirida geologik jihatdan nisbatan yaqinda qaror topgan. Materikning mo'tadil. mintaqadan to tropik mintaqagacha bo'lgan qismida hozirgi iqlim sharoiti kontinentalligi va qurg'oqchilligi bilan xarakterlanadi; iqlimning kontinentalligi va qurg'oqchilligi-orografik xususiyatlar tufayli yanada kuchayadi. Shu sababli materikning Atlantika bo'yi qismiga qaramaqarshi o'laroq, ichki rayonlari o'rmonlarga xos tuproq va o'simlik tiplarining kam tarqalganligi hamda dasht, chala cho'l va cho'llarning keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Osiyoning Rossiya doirasidagi shimoliy qismi tundra va o'rmontundra zonalarining kengayishi, tayga zonasining tarqalganligi, Uraldan Sharqda aralash va keng bargli o'rmonlarning yo'qligi bilan ajralib turadi. Nisbatan ensiz o'rmondasht polosasi dashtlar bilan almashinadi. Dashtlar esa Osiyoda yaxlit polosa hosil qilmaydi; chunki igna bargli o'rmonlar bilan qoplangan tog'lar bu zonani ayrim qismlarga bo'lib-bo'lib yuborgan. Mongoliyaning shimolida Selenga daryosining havzasnda, tekislikdan iborat dashtli joylar igna bargli o'rmonlar yoki tog'dasht o'simliklari bilan qoplangan tog' tizmalari bilan almashinadi. Xorijiy Osiyoning mo'tadil mintaqadagi dashtlarida kashtan tuproqlardagi g'allagulli (g'alladosh) va butachalig'allagulli quruq dashtlar ustun turadi. Sharqroqda, Shimoli-sharqiy Xitoy tekisliklarida ular miqdori ortgan sari qora tuproqlar yoki qora tuproqsimon tuproqlardagi turli o'tlig'allagulli dashtlar bilan almashinadi. Tuproq va o'simlik tiplarining taqsimlanishidagi bu qonuniyat shunga bog'liqki, Osiyoning mo'tadil mintaqasida iqlim g'arbdan sharqqa tomon quruqlasha boradi va kontinentallasha boradi, mumkin bo'lgan (potentsial) bug'lanish faktik bug'lanishdan ortadi va binobarin, nam (tanqisligi) kuchayadi. Shu sababli tuproq-o'simlik qoplamining g'arbdan sharqqa tomon o'zgarishi bu rayonda shimoldan janubga tomon o'zgarishiga qaraganda ancha yaqqol seziladi. Janub va g'arbda quruq dashtlar chala cho'llar bilan almashinadi; bu yerda gumusi kam qo'ng'ir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 155.95 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 155.95 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga