Xorijiy Yevrosiyoning tuproq va o'simliklari

Xorijiy Yevrosiyoning tuproq va o'simliklari

O'quvchilarga / Geografiya
Xorijiy Yevrosiyoning tuproq va o'simliklari - rasmi

Material tavsifi

Tuproq va o'simliklari Reja: 1. Xorijiy Yevrosiyoning botanik-geografik rayonlashtirilishi 2. Yevrosiyo tuproqlari. 3. Yevrosiyo o'simliklari. 4. G'arbiy, Markaziy va Janubiy Yevropaning o'rmon bilan qoplanganlik darajasi. 5. Xorijiy Yevropada bazi o'simliklarning tarqalishi. 6. Xorijiy Osiyoda bazi o'simliklarning tarqalishi. 7. Xorijiy Yevrosiyoning zoogeografik 8. Shimoliy Hindistondagi karkidonlar. 29. Xorijiy Yevrosiyoning botanik-geografik rayonlashtirilishi (A. L. Taxtadjyandan). Yevrosiyoning Golarktika florasi tarkibida qadimiy issiqsevar o'rmon florasi elementlari bor; bu flora elementlari materik territoriyasida kaynozoy erasining birinchi yarmidagi muzlik qoplamlarini hosil qilgan umumiy sovish davriga qadar tarkib topgan. O'rmon florasi zlementlari asosan okean bo'yidagi ikki sektorda-Atlantika bo'yi va Tinch okean bo'yi sektorida saqlanib qolgan. Materik ichki rayonlari florasi va tuproq-o'simlik qoplayining neotektonik shakllanishida materikning janubidagi tog' sistemalarining neoktektonik ko'tarilishi natijasida iqlimning sovib ketishi va keyinchalik quruqlasha borishi katta ahamiyatta ega bo'lgan. Ichki rayonlar relefi va iqlimdagi keskin o'zgarishlar sababli okean bo'yidagi flora shakllanish markazlarini quruqlikning juda katta maydonlari bir-biridan ajratib qo'ygan va bu markazlar kaynozoyning ikkinchi yarmi davomida bir-biridan mustaqil rivojlangan. Yevrosiyoning tropik rayonlari bilan Afrikaning tropik rayonlari orasidagi aloqa (yani, flora almashinuvi) materikning g'arbiy sektorida dengizlar, ichki qismida esajuda katta maydondagi cho'llar sababli qiyinlashib qolgan. Materikning sharqiy, Tinch okean bo'yi sektorida Golarktika florasi bilan Paleotropik flora elementlari o'rtasida aloqa bo'lgan. Bu hol Sharqiy Osiyo florasining turlarga juda boy bo'lishiga imkon bergan, bu floraga ham boreal, ham tropik flora elementlari kiradi. Yevrosiyo florasining yuqorida qayd qilingan rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, hozirgi iqlim sharoiti va relefida katta tafovutlar borligi hisobga olinsa, materik tuproq o'simlik qoplamining hozirgi manzarasi naqadar murakkab va xilma-xil ekanligini aniq tasavvur etish mumkin. Hozirgi tuproq-o'simlik sharoitini ta'riflashda kishilik jamiyatining ko'p asrlik faoliyati ta'siriDa ro'y bergan o'zgarishlarni hisobga olmay bo'lmaydi. Biosfera komponentlari geografik qobiqning .boshqa komponentlariga qaraganda ancha kuchli darajada o'zgaradi va kishilik jamiyati faoliyatining salbiy tomonlaridan ayniqsa ko'p zarar ko'radi. O'rmonlarning kesilishi va erlarning haydalishi, sun'iy o'rmonlar (daraxt-zorlar) ning barpo etilishi, botqoqliklarning quritilishi, irrigatsiya natijasida erlarni sho'r bosishi, Yer sharining boshqa rayonlaridan o'simliklar keltirib o'stirilishi va tarqatilishi hamda boshqalar-Yevrosiyodagi, ayniqsa, uning aholi qadimdan va zich tarqalgan bazi qismlaridagi, dastlabki tuproq-o'simlik qoplamining juda jiddiy o'zgarishlariga sabab bo'lgan. Masalan: Yevropaning bazi mamlakatlarida tabiiy tuproq-o'simlik qoplami o'zining dastlabki ko'rinishi va tarkibini deyarli 90% o'zgartirgan; Buyuk Xitoy tekisligi va Xuanxe havzasida shunday rayonlar borki, ularning dastlabki tuproq-o'simlik qoplamini tasavvur etib bo'lmaydi; chunki dastlabki tuproq-o'simlik qoplami aholi nihoyatda zich bo'lgan bir sharoitda ming yillab davom etgan dehqonchilik ta'sirida butunlay yo'q bo'lib ketgan. Binobarin, hozirgi tuproq-o'simlik qoplamini ta'riflashda uning paydo bo'lish xususiyatlari, hozirgi tabiiy sharoiti va antropogen omil ta'siri darajasini hisobga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga