Xorijiy Yevrosiyoning zoogeografik rayonlashtirilishi haqida umumiy ma'lumot

Xorijiy Yevrosiyoning zoogeografik rayonlashtirilishi haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Xorijiy Yevrosiyoning zoogeografik rayonlashtirilishi haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy Yevrosiyoning zoogeografik rayonlashtirilishi Shimoliy orollar va materikning chekka shimolidagi faunaning sostavi g'arbdan sharqqa tomon deyarli o'zgarmaydi. Tundra va tayga o'rmonlari hayvonot dunyosining ichki tafovutlari uncha katta emas. Janubga borgan sari Golarktika doirasida geografik kenglik bo'yicha bo'lgan tafovut tobora kattalasha boradi. Yevrosiyo chekka janubining faunasi shu qadar o'ziga xos va Afrika hamda hatto Arabiston yarim orolining tropik faunasidan shu qadar katta farq qiladiki, ularni boshqa-boshqa zoogeografik oblastlarga kiritadilar. Yevrosiyoning barcha qismidagi (Shimoliy Amerikadagi kabi) tundra faunasi ayniqsa bir xildir. Tundrada eng ko'p tarqalgan yirik sutemizuvchi hayvon shimol bug'usi (Rangifer tarandus) dir. U Yevropada yovvoyi holda deyarli uchramaydi, bu Yevrosiyoning Shimolidagi eng kam tarqalgan va qimmatli uy hayvonidir. Tundra zonasi uchun qutb tulkisi, lemming va oq-quyon xarakterli. Quruqlik qushlaridan oq kaklik bilan tundra kakligi (Jagopus logopua) va (Z. mustus) otquloq va so'fito'rg'ay eng ko'p tarqalgan. Tundraga qisqa yoz davrida jo'ja ochish uchun ko'plab suv qushlari: chayka (baliqchi qush), chistik, gagara, gaga, o'rdak, g'oz, oqqushlar uchib keladi. Chistik va chayka odatda qoyali baland qirg'oqqa in qo'yib, tuxumini toshli jarliklarning rahiga va teshiklariga qo'yadi. Qushlar bunday joylarda yuz minglab yig'ilib, qush bozorlarini hosil qiladi. Qushlar tuxum qo'yadigan vaqtda ularni ovlash oson; aholi bundan foydalanib, ularni qiradi va tuxumini yig'ib ovqatga ishlatadi. Dengiz sohillaridagi eng qimmatli qush gaga (Somateria mol-lissima) bo'lib, u iniga yengil va nihoyatda issiq patini to'shaydi. Bazi mamlakatlarda (Islandiya, Norvegiya va Rossiyada) gagalar kuzatib turiladi va muhofaza qilinadi, ularning dunyo bozorida yuqori baholanuvchi patini yig'ish esa davlat tomonidan nazorat qilib turiladi. Ko'l, daryo bo'ylari va botqoqliklarda ko'plab g'oz, o'rdak hamda boshqa xil qushlar in qo'yadi. Yevrosiyo shimolining qirg'oq bo'yi suvlari, daryo va ko'llari baliqqa, asosan losos oilasiga kiruvchi baliqlarga boydir. Muzlik davrida hozirgi tundra o'rnida mamont, junli karkidon, yovvoyi qo'chqorlar yashagan. Hozirda ularning qoldiqlari qazilmalardagina topilmoqda. Bazi joylarda (masalan Shpitsbergen orollarida) Amerika Arktikasidan keltirilgan yovvoyi qo'chqorlar boqib ko'paytirilmoqda. Yevrosiyoning o'rmon hayvonlari ancha xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Qeng dasht va cho'llar bilan bir-biridan ajralib qolgan g'arb bilan sharq keng bargli o'rmonlari faunasining tavofuti ayniqsa yaqqol aks etgan. Butun materik bo'ylab cho'zilgan tayga o'rmonlari hayvonot dunyosining nisbatan bir xilligi bilan xarakterlanadi. Yevrosiyo tayga faunasining eng tipik vakillariga los, qo'ng'ir ayiq, silovsin, rosomaxa, olmaxon, burundiq, malla rangli dala sichqonlarini; qushlardan esa qur, karqur, chil, klestlarni kiritish mumkin. Bu hayvonlar Yevropava Osiyoning tekislik taygasida, shuningdek, tog'li rayonlardagi igna bargli o'rmonlarda tarqalgan. Bir tomondan, Yevropaning Atlantika bo'yidagi aralash va keng bargli o'rmonlari bilan, ikkinchi tomondan Uzoq Sharq aralash va keng bargli o'rmonlari hayvonot dunyosi sostavida. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.04 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.04 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga